So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  8 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  3 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

Marsyalning goli "Manchester Yunayted"ga "Tottenxem" ustidan g'alaba keltirdi + FOTO Yangiliklar

Marsyalning goli "Manchester Yunayted"ga "Tottenxem" ustidan g'alaba keltirdi + FOTO

Teglar :  APL
APL 10-turini MYU va "Tottenxem" o'rtasidagi uchrashuv boshlab berdi.

"Old Trafford"dagi uchrashuvdan matnli translyaciyani shu erda kuzatib bordingiz.


APL

"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 1:0

Gol: A.Marsyal 81

28.10.2017, 16:30

"Old Trafford"

Bosh hakam: Jonatan Moss (Yorkshir).

"Manchester Yunayted": David De Xea, Antonio Valensiya, Fil Jons, Kris Smolling, Erik Bayi, Eshli Yang (Matteo Darmian, 90+2), Ander Errera, Nemanya Matich, Genrix Mxitaryan (Jessi Lingard, 65), Markus Reshford (Antoni Marsyal, 70), Romelu Lukaku.

"Tottenxem": Ugo Loris, Serj Ore, Tobi Alderveyreld, Yan Vertongen, Ben Devis, Erik Dayer, Xarri Uinks, Mussa Sissoko (Mussa Dembele, 62), Kristian Eriksen, Dele Alli, Son Xyon Min (Fernando Lorente, 62).

Ogohlantirish: A.Valensiya 74




Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" turning markaziy bahsida "Tottenxem"ni Antoni Marsyalning goli evaziga taslim etdi.

90 - Oxoxooo, Lingard maydon markazidan bir o'zi kelib to'pni tepaga tepib yubordi.

87 - O'yin ancha qizidi, "shporlar" gol urish uchun oldinga o'tishmoqda.

81 - Goooooooolllllllll, De Xea to'pni oldinga tepdi, Lukaku boshi bilan uni Marsyalga tashlab berdi, Antoni imkoniyatni ko'kka sovurmadi. Ajoyib gol.

79 - Zarbaaa, Lukakuning bosh bilan bergan zarbasini darvoza ustuni qaytardi.

77 - Zarbaa, Eriksen Delega super pas bergan edi, lekin Alli zarbada biroz adashdi.

74 - Lukakuning zarbasini Loris urib yubordi.

70 - MYU tarkibida Reshford o'rniga Antoni Marsyal maydonga tushdi.

65 - Zarbaaa, Valensiyadan pushka zarba, afsuski biroz yuqoriga ketdi. SHu daqiqaning o'zida Mxitaryan o'rniga Lingard maydonga tushdi.

62 - Pochettino birdaniga ikki nafar o'yinchini almashtirmoqda. Son o'rniga Lorente, Sissoko o'rniga esa Dembele.

54 - Zarbaaa, nimalar bo'ldi hozir? Avvaliga Genrix raqib jarima maydonchasida 2 raqibni aldab o'tib zarba berdi, Loris qaytardi, qaytgan to'pni Devis tepib yubordi, ketidan yana o'sha Mxitaryan Lukakuga o'ta qulay to'p uzatgan edi. Lekin, Romelu deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni to'g'rilab yubora olmadi, oyog'i to'pga etmadi.

49 - Alli Errerani yiqilayotib behosdan urib yubordi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!



Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob - 0:0.

41 - Erik Dayerning zarbasini David ushlab oldi.

40 - Birinchi bo'limning so'nggi 10 daqiqasi keskin kurashlar bilan o'tmoqda.

37 - Maydon markazida Mxitaryandan qo'pollik ishlatib to'pni olib qo'yishdi va o'sha hujum Delening zarbasi bilan tugadi. De Xea o'z joyida.


Xo'rozlar...

30 - Maydonda kelishmovchilik, Yang va Dele o'zaro tortishib qolishdi. hammasi hakamning og'zaki ogohlantirishi bilan tugadi. Bunday o'yinlarga mana shunaqangi vaziyatlar ham kerak.

28 - Ben Devisning uzatmasidan keyin De Xea to'pni ushlab oldi va Fil Jonsga urilib to'pni qo'lidan tushirib yubordi, uning "sovg'asi"ni Sissoko osmonlarga tepib yubordi.


Reshford darvozabon bilan birga-bir chiqib ketayotganda Dayer to'pni uning oyoqlaridan ilib qolgan vaziyat.

19 - Sissoko uzoqdan juda kuchsiz zarba yo'lladi, bugun londonliklar uzoq masofadan juda ko'p zarba berishmoqda, darvozada De Xea ekanligi eslarindan chiqib qolmaganmikin )

14 - Alli juda oddiy vaziyatda to'pni Yangga uzatib qo'ya qoldi.

12 - Zarbaa, Reshfordning jarimadan tepgan to'pini Ugo urib yubordi.


Ishqibozlar o'yindan oldin

10 - Lorisning kichik xatosidan MYU o'yinchilari foydalana olishmadi.

Hozircha MYU futbolchilari Mour avtobus qo'yadi deganlar adashishgani isbotlash uchun faqat va faqat oldinga intilishmoqda. 

6 - Uxxx, Eshli Yang raqib himoyachisining oyoqlari orasida aldab o'tdi, lekin yakuniy pas biroz noaniq ketdi.

Bugun "Tottenxem" Xarri Keynsiz o'ynaydi deganlarga Mourino uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida o'ziga hos tarzda javob qaytardi: "Bizda Zlatan, Pogba, Fellayni, Kerrik va Roxo yo'q. SHunday ekan, menga Keyn haqida gapirmang".

2 - Lukaku chap qanotdan Dayerni ortda qoldirib Reshfordga golli pas bermoqchi bo'lgan edi, Loris to'pni ushlab oldi.

Uchrashuv boshlandi!


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика