So’nggi yangiliklar

21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  3 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  153 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  36 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  4 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  25 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  2 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  8 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  28

APL. ​"Brayton"ga qarshi o'yinda portugallar "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirdi Yangiliklar

APL. ​"Brayton"ga qarshi o'yinda portugallar "Manchester Yunayted"ga g'alaba keltirdi

APL 18-turida qoldirilgan "Manchester Yunayted" - "Brayton" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" – "Brayton" 2:0

16 fevral, 01.15, «Old Trafford»

Gol: Ronaldu (51, 1:0), Fernandesh (90+7, 2:0).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, SHou, Fred (Pogba, 73), Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Sancho (Telles, 80), Elanga (Reshford, 80).

"Brayton" – Sanches, Veltman, Dank, Uebster, Kukurelya, Gross (Alsate, 60), Mak Allister, Moder, Bissuma, Trossard (Lempti, 60), Mope (Uelbek, 70).

Ogohlantirish: Fernandesh (53), Makkalister (85), Maktomini (90+6).

CHetlatish: Dank (54).

Manchester United

Cristiano Ronaldo - 51', Bruno Fernandes - 90'

Premier League . 18-tur

16/02/2022, 01:15

0
:
2
Tugadi

Brighton & Hove Albion

Stadion: Old Trafford, 70000 tomoshabin

Bosh hakam: Peter Bankes

45'
90'
51'  Cristiano Ronaldo
51'  Scott McTominay
53'  Bruno Fernandes
72'  Luke Shaw
73'  Fred (Paul Pogba)
79'  Anthony Elanga (Marcus Rashford)
80'  Jadon Sancho (Alex Telles)
90'  Scott McTominay
90'  Bruno Fernandes
90'  Paul Pogba
52'  Lewis Dunk
54'  Lewis Dunk
60'  Leandro Trossard (Tariq Lamptey)
60'  Pascal Gross (Steven Alzate)
70'  Neal Maupay (Danny Welbeck)
85'  Alexis Mac Allister

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Manchester Yunayted" uch o'yinlik g'alabasiz seriyadan keyin g'alabaga erishib, kuchli to'rtlikka qaytdi.

90+7. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! BRUNUUUUUUU!!! NUQTAAAAA!!!

90+5. Uelbek hujumga o'tdi. Uni Lindelof to'xtatdi.

6 daqiqa qo'shib berildi.

90. ZARBAAAAAAAAA!!! Lemptining pasidan keyin Uelbek boshi bilan zarba yo'lladi. To'p darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

89. Telles darvoza yonidagi Ronaldu tomon to'pni oshirdi. Krishti noqulay bo'lsa-da, zarba berishga intildi. Ammo gol ura olmadi.

84. MYU burchak zarbasidan gol urganini biror kishi eslay olmasa kerak. Maktominining zarbasi aaaanchagina noaniq ketdi.

81. ZARBAAAAAAAA!!! Fernandeshning kuchli zarbasini Sanches qaytardi!

78. ZARBAAAAAAA!!! Lempti kutilmaganda uzoq masofadan De Xea darvozasiga zarba berdi. To'p aylanib borib darvozaning to'siniga tegib qaytdi.

74. Sancho qanotda raqibini oyoqlari orasidan aldab o'tib, Fernandesh tomon to'pni oshirdi. Brunu esa Pogbaga. Polning zarbasi esa himoyachiga tegib qaytdi.

71. FERNANDESH?! 200 foizlik imkoniyatni yo'qqa chiqardi. Ronalduning faolligidan keyin to'p olib qo'yildi va Krishti Brunuga pas berdi. Fernandesh esa 7 metrdan darvozani ishg'ol qila olmadi.

70. Uelbek maydonga tushdi. "Old Trafford" esa uni juda iliq qarshi oldi.

66. ZARBAAAAAAA!!! MYU ushbu mavsumda burchakdan keyin ilk golini urishi mumkin edi. Ronalduning boshi bilan yo'llagan zarbasini Sanches qaytardi.

63. Maktominining zarbasi noaniq ketdi.

60. Maktomini jarohat olgandek ko'rindi. U tibbiy yordam qabul qilmoqda.

54. QIZIL KARTOCHKAAAA!!! VAR ishga tushdi va boshqa hakam Piter Benks ushbu mavsumda ilk marta qizil kartochka ko'rsatdi. Adolatli qizil kartochka. (O'rtada hakamga etiroz bildirgani uchun Fernandesh sariq oldi)

53. VAR qizil kartochkani ko'rib chiqmoqda.

52. G'alati ish bo'ldi. Dank to'pni oldirib qo'ydi va birga bir chiqib ketayotgan Elangani ushlab qoldi. Qizil o'rniga sariq)

51. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! RONALDDUUUUUUUU!!!! SUPERGOLLLL!!! Desa bo'ladi!!! Pushka!48. Fernandeshning burchak zarbasidan oshirgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus! "Old Trafford" o'yindan norozi.

44. Ronalduning jarimadan yo'llagan zarbasi Bissumaga tegib, burchakka chiqib ketdi.

42. MYUda jarima zarbasi. SHundoqqina jarima maydonchasi chizig'ining ustida.

40. ZARBAAAAAAAA!!! "Brayton" yana bir bor hisobni ochishi mumkin edi. Bissumaning zarbasi biroz noaniq ketdi.

39. DE XEAAAAAAAAAAA!!! Daxshaattttttt!!!! Super seyv!!!! Moderning boshi bilan yo'llagan zarbasini De Xea qaytardi!!!

35. "Brayton" hujumga o'tdi. Kukurelyaning pasini Dalot qaytarib yubordi.

30. Grossning zarbasi kuchsiz va noaniq ketdi.

27. Odatda "Yunayted" birinchi bo'limni yaxshiroq o'tkazayotgandi, ikkinchisini esa yomonroq. Agar jamoa taymni shu tepmpda yakunlasa, ikkinchi bo'limda qiynalib qolishi aniq.

23. Sancho bir yo'la uch raqibini aldab o'tishga harakat qildi. Ammo undan to'rtinchi raqibi to'pni olib qo'ydi.

20. Daxshatli sukunat va zerikarlilik.

17. Makkalisterning zarbasini De Xea ushlab oldi.

15. UXXXXXXX!! Sancho hujumga o'tdi. Uning Elanga tomon pasini himoyachi darvozabonga o'tkazib yubordi.

10. O'yin tempi pasayib ketdi. Vaziyatlar ham yo'q.

6. ZARBAAAAAAA!!! Ronalduning chiroyli pasidan keyin Sancho birga bir holatga chiqib bordi va to'pni sherigiga oshirmasdan darvozabonni nishonga oldi. 100 foizlik imkoniyat yo'qqa chiqdi.

5. ZARBAAAAAAA!!! Bissuma De Xea bilan birga bir holatga chiqib keldi va zarba berdi. David to'pni qaytardi!

3. UXXXXX!! Maktomini jarima maydonchasi yonida to'pni oldirdi. Keyinchalik to'pni egallab olgan Kukurelya jamoadoshi Mopega to'pni oshirdi. Hujumchi birga bir chiqib ketishi mumkin bo'lgan paytda Maguayr jamoa joniga oro kirdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun "Old Trafford"da katta futbol kechasi. "Manchester Yunayted" noqulay raqibi sanalgan "Brayton"ni qabul qiladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика