So’nggi yangiliklar

14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  4 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  8 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  2 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  4 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  6 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  4

APL. "Manchester Yunayted" g'alabaga erishdi va peshqadam bilan tenglashib oldi Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" g'alabaga erishdi va peshqadam bilan tenglashib oldi

APLning 16-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Aston Villa" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Manchester Yunayted – Aston Villa 2:1

Gollar: Marsyal (40, 1:0), Traora (58, 1:1), Fernandesh (61-pen, 2:1).

Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Maguayr, Uan-Bissaka, SHou, Brunu Fernandesh, Fred, Pogba, Maktomini (Matich, 65), Marsyal, Reshford.

Aston Villa – Martines, Konsa, Targett, Mingz, Kesh, El-Gazi, Grilish, Duglas Luis, Makginn, Traore, Uotkins.

Ogohlantirish: Maguayr (49), Bayi (55).

Manchester United

Anthony Martial - 40', Bruno Fernandes - 61'

Premier League . 17-tur

02/01/2021, 01:00

1
:
2
Tugadi

Aston Villa

Bertrand Traore - 58'

Stadion: Old Trafford, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
40'  Anthony Martial
40'  Aaron Wan-Bissaka
49'  Harry Maguire
55'  Eric Bailly
61'  Bruno Fernandes
65'  Scott McTominay (Nemanja Matic)
87'  Bruno Fernandes (Daniel James)
89'  Luke Shaw
90'  Nemanja Matic
90'  Fred (Axel Tuanzebe)
58'  Bertrand Traore
58'  Jack Grealish
79'  Bertrand Traore (Jacob Ramsey)
84'  Anwar El-Ghazi (Keinan Davis)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" daxshatli kechgan o'yinda g'alabaga erishdi va peshqadam "Liverpul" bilan ochkolar borasida tenglashib oldi.

90+3. ZARBAAAA!!! Keshning kuchli zarbasini De Xea qaytardi!!

90+2. "Aston Villa" bosimni oshirgan. MYU esa qarshi hujumni ko'zlamoqda.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. ZARBAAAAAAA! Jeymsning zarbasini Martines ushlab oldi.

83. ZARBAAAAAAA!! Jarimadan oshirilgan to'pga Mings boshi bilan zarba berdi. Noaniq!

81. Ketma-ket xavfli zarbalardan keyin tomonlar o'yinni biroz markazga ko'chirdi.

77. ZARBAAAAAA!!! Brunudan kreativ harakatlar va ajoyib zarba! Martines ham bunga super seyv bilan javob berdi.

75. ZARBAAAAA!! Uotkinsning zarbasi noaniq ketdi. Hisob tenglashishi hech gap emasdi.

73. ZARBAAAAA!! Pogbaning zarbasiga aniqlik etishmadi.

72. ZARBAAAAA!! El-Gazining zarbasini bu safar De Xea qaytardi!

71. ZARBAAAA!! Marsyalning kuchli zarbasini Martines qiyinchilik bilan qaytardi!

69. Pogba SHouga pas bergandi. Biroq Lyuk hujumda fol ishlatdi.

66. O'yin nazorati to'liqligicha mankunianliklar tomoniga o'tdi.

61. GOOOOOOOOOLLL!! Brunu penaltidan unumli foydalandi!

60. PENALTI!!! Pogbani yiqitishdi! VAR ishga tushdi. Kuzatamiz.

58. GOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Traore hisobni tenglashtirdi!

56. ZARBAAAAAAAA!! Reshford bir necha himoyachini aldab, sodda zarba berib qo'ydi.

54. ZARBAAAAA!! Uotkinsning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

52. DE XEAAAAAAA!! Grilishning boshi bilan yo'llagan zarbasini De Xea qiyinchilik bilan qaytardi!!! Super seyv!

49. Grilishni yiqitgani uchun Maguayr sariq kartochka ishlab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishdi.

"Yunayted" hujumga o'tgandi. SHouning to'p uzatishidan keyin himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yuborgan zaxoti tanaffusga xushtak chalindi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Aston Villa" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Oshirilgan to'pni Pogba qaytarib yubordi.

40. GOOOOOOOOOOLLL!! Van-Bissakaning qanotdan oshirgan to'piga Marsyal boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi!

39. "Villa" juda xavfli nuqtadan jarima zarbasini tepish imkoniyatini qo'lga kiritgandi. Traorening zarbasi noaniq ketdi.

37. O'yin borasida mutlaqo tenglik: 50-50. Paslar 164-159.

33. "Aston Villa" bosim boshlamoqda. Biroq hozircha aytarli vaziyatlar bo'lmayapti.

29. "Yunayted"ning daxshatli kombinaciyasidan so'ng Pogbaning to'p oshirishini himoyachilar burchakka chiqarib yubordi.

26. ZARBAAAAAA!!! Brununing to'p oshirishidan keyin Pogba noaniq zarba yo'lladi.

24. UXXXXXXX!! "Villa" futbolchisi o'ng qanotdan to'pni markazga oshirdi. Agarda Bayi to'pni burchakka chiqarib yubora olmaganida Uotkinsning gol urish imkoniyatlari oshib ketardi.

20. "Villa" hujumga o'tdi. Burchak zarbalaridan naf chiqmadi.

16. ZARBAAAAAAA!!! Van-Bissakaning to'p oshirishidan keyin Pogba to'pni o'tkazib yubordi. Fredning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

14. UXXXXXX!! Grilishning to'p oshirishidan  keyin Makginn  MYU darvozasi tomon yo'lladi. De Xea ham seyv namoyish qildi.

12. "Yunayted"da navbatdagi zarba. SHouning burchakdan oshirgan to'piga Maguayr boshi bilan zarba berdi. Martines to'pni ushlab oldi.

10. ZARBAAAAAAAA!! Marsyalning kuchli zarbasini Martines qaytardi!

7. Mezbonlar yana bir hujum uyushtirdi. Fernandeshning qanotdan oshirgan to'pini Martines ushlab oldi.

2. UXXXXXXX!! O'yin "Yunayted"ning tezkor hujumi bilan boshlandi. "Villa" himoyachilar qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- O'yinni boshlash uchun barcha narsa shay! "Orzular teatri"da chiroyli o'yin ko'rishga ishonamiz.

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Old Trafford"ga qaratamiz. O'yinni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика