So’nggi yangiliklar

22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  6 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  8 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  4 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  4 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  22 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  5 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  49 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  10

APL. "Tottenxem" dramatik kechgan uchrashuvda "Manchester Siti"ni mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Tottenxem" dramatik kechgan uchrashuvda "Manchester Siti"ni mag'lub etdi

Angliya chempionati 26-turidan o'rin olgan markaziy bellashuvida ajoyib kambek qayd etildi.

"Manchester Siti" – "Tottenxem" 2:3

Gollar: Deyan Kulusevski 4', Ilkay Gyundogan 33', Xarri Keyn 59', Riyad Marez 90+2', Xarri Keyn 90+5'

"Manchester Siti": 31. Ederson Moraes, 2. Kayl Uoker, 3. Ruben Diash, 14. Emerik Lyaport, 27. Juan Kanselu, 17. Kevin De Bryuyne, 16. Rodrigo Ernandes, 8. Ilkay Gyundogan, 20. Bernardu Silva, 47. Fil Foden, 7. Raxim Sterling (26. Riyad Marez 68').

Zaxira: 33. Skott Karson, 5. Djon Stounz, 6. Natan Ake, 11. Aleksandr Zinchenko, 25  Fernandino, 87. Jeyms MkAtee, 90. Romeo Laviya, 48. Liam Delap.

"Tottenxem": 1. Ugo Loris, 4. Kristian Romero, 15. Erik Dayer, 33. Ben Devis, 12. Emerson Aparesido (2. Mett Doerti 83'), 30. Rodrigo Bentankur, 5. Per-Emil Xeyberg, 19  Rayan Secsenon (6.  Davinson Sanches 90+4), 21. Deyan Kulusevski, 7. Son Xyn Mi (27. Lukas Moura 80'), 10. Xarri Keyn.

Zaxira: 22. Perluidji Gollini, 14  Djo Rodon, 8. Xarri Uinks, 42. Xarvi Uayt, 23. Stiven Bergveyn, 44. Deyn Skarlett.

Ogohlantirishlar: Per-Emil Xeyberg 64', Kristian Romero 77', Ugo Loris 80'


90+9. Uchrashuv yakunlandi

Kulusevski to'pni havolatib jarima maydonchasiga uzatdi, Keyn esa bosh bilan gol urdi!

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Londonliklar hisobda yana oldinga chiqib olishdi!

90+3. "Tottenxem" endi hujumga zo'r bermoqda.

Maxrez kuchli zarba bilan to'pni darvozaning to'qqizligiga aniq yo'lladi!

90+2. Maxrez to'p oldida. Zarba va GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!

90+1. "Tottenxem" darvozasiga penalti belgilandi!

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.

89. Romeroning qo'liga jarima maydonchasi ichida to'p tegdi. VAR potencial penaltini ko'rib chiqmoqda. 

85. "Manchester Siti" hujumga zo'r bermoqda. Jamoaning ketma-ket uyushtirayotgan hujumlaridan hozircha biror naf chiqmayapti.

74. Gol hisobga olinmadi, hujum tashkil qilinayotganda Kulusevskida o'yindan tashqari holat qayd etilgan ekan. 

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Keyn hisobni ikkitaga oshirdi!

66. ZARBA! Gyundogan chamasi 24 metrlardan aylantirib zarba berdi, Loris esa super seyv ko'rsatdi!

64. Son to'pni Keynga uzatib, uni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi, ammo Ederson oyoqlari bilan xavfni bartaraf etdi.

Keyn hujumni boshladi, uning uzatgan to'pini himoyachilar qaytardi. To'pga birinchi bo'lib Secsenon etib keldi, u to'pni Songa uzatdi, Son esa jarima maydonchasi ichidagi Keynga va Xarri gol urdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Tottenxem" hisobni oshirdi!

58. Keyn o'z sheriklarini o'yin davomida bir necha bor oldinga boshlab, ularni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarishga urinmoqda. Hozircha ularning bittasi samarali yakunlandi.

54. Keyn Sonni oldinga boshladi, u bir himoyachini aldab darvoza tomon erlatib zarba berdi, ammo ushbu zarba kuchsiz chiqdi.

50. To'p nazorati bo'yicha ustunlik mezbonlarda. Ular o'zaro to'pni uzatib, kombinacion hujum uyushtirishni reja qilishmoqda.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

39. "Tottenxem" asosan qarshi hujumlarda o'ynamoqda. Jamoaning bir qator hujumlari manchesterliklar himoyachilari tomonidan bartaraf etilmoqda.

37. Kanseluning olisdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

Sterling chap qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, Loris esa to'pni qaytarib yubordi, qaytgan to'pni Ilkay Gyundogan darvozaga aniq yo'lladi.

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Manchester Siti" hisobni tenglashtirdi!

30. "Manchester Siti" raqibini jarima maydonchasiga qamal qilib oldi. Kombinacion hujumlar uyushtirishdan tinmayapti manchesterliklar.

20. Gyundogandan xavfli zarba!!! To'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi!

17. Kanseluning aylanma zarbasi birozgina noaniq ketdi.

15. Bernarduning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

14. "Tottenxem"ning himoyasi hozircha hujumlarga yaxshi qarshilik ko'rsatmoqda.  

8. Endi mezbonlar yanada hujumlarga zo'r berishmoqda.

Keyn Sonni oldinga boshladi. U darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, to'pni esa yonga - Kulusevskiga uzatdi, u esa bo'sh darvozaga to'p kiritdi.

4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Tottenxem" hisobni ochdi!

3. Ilk daqiqalardan mezbonlar pressing uyushtirishmoqda.

1. Uchrashuvga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi. 

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика