So’nggi yangiliklar

20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  2 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   4 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  6 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  1 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0 15:42Ирландия клуби футболчи билан тузган шартномасини 4 кун ўтиб бекор қилди  0 15:17"Барча даврларнинг энг ортиқча баҳо бериб юборилган инглиз футболчиси". АПЛ собиқ футболчиси Пол Скоулзнинг буюклигини уйдирма деб ҳисоблайди  10

APL. "Liverpul" "Enfild"da teatr qo'yib berdi - "Manchester Yunayted" bu teatrni hech qachon unutmaydi! Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Enfild"da teatr qo'yib berdi - "Manchester Yunayted" bu teatrni hech qachon unutmaydi!

"Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida o'tkaziladigan APLning 26-tur o'yini yakunlandi.

APL. "Liverpul" - "Manchester Yunayted" 7:0

Gollar: Kodi Gakpo (Endryu Robertson) 43', Darvin Nunes (Xarvi Elliot) 47', Kodi Gakpo (Moxamed Salax) 50', Moxamed Salax 66', Darvin Nunes (Djordan Xenderson) 76', Moxamed Salax (Roberto Firmino)  83', Roberto Firmino (Moxamed Salax) 88'

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 5. Ibraima Konate, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 14. Jordan Xenderson (43. Stefan Baychetich 79'), 3. Fabino (7. Jeyms Milner 79'), 19. Xarvi Elliot (17. Kertis Jons 85'), 11. Moxamed Salax, 18. Kodi Gakpo (20. Diogu Jota 79'), 27. Darvin Nunes (9. Roberto Firmino 79').

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 21. Konstantinos Cimikas, 28. Fabio Karvalyu, 32. Joel Matip.

"Manchester Yunayted": 1. David de Xea, 20. Diogu Dalot, 19. Rafael Varan, 6. Lisandro Martines (12. Tayrell Malasia 77'), 23. Lyuk SHou, 18. Kazemiro (15. Marsel Zabitcer 77'), 17. Fred (39. Skott Maktominey 58'), 21. Antoni, 8. Brunu Fernandesh, 10. Markus Reshford (36. Entoni Elanga 85'), 27. Vaut Vegorst (49. Alexandro Garnacho 58').

Zaxira: 22. Tom Xiton, 5. Xarri Maguayr, 29. Aaron Uan-Bissaka, 25. Jeydon Sancho.

Ogohlantirishlar: Fabino 41', Antoni 53', Lisandro Martines 61', Skott Maktominey 64', Moxamed Salax 84'

Liverpool

Cody Gakpo - 43', Darwin Nunez - 47', Cody Gakpo - 50', Mohamed Salah - 66', Darwin Nunez - 75', Mohamed Salah - 83', Roberto Firmino - 88'

Premier League . 26-tur

05/03/2023, 21:30

0
:
7
Tugadi

Manchester United

Stadion: Anfield, 53001 tomoshabin

Bosh hakam: Andrew Madley

45'
90'
41'  Fabinho
43'  Cody Gakpo
43'  Andrew Robertson
47'  Darwin Nunez
47'  Harvey Elliott
50'  Cody Gakpo
50'  Mohamed Salah
66'  Mohamed Salah
75'  Darwin Nunez
75'  Jordan Henderson
78'  Jordan Henderson (Stefan Bajcetic)
78'  Darwin Nunez (Diogo Jota)
79'  Cody Gakpo (Roberto Firmino)
79'  Fabinho (James Milner)
83'  Mohamed Salah
83'  Roberto Firmino
84'  Mohamed Salah
85'  Harvey Elliott (Curtis Jones)
88'  Roberto Firmino
88'  Mohamed Salah
53'  Antony
58'  Wout Weghorst (Alejandro Garnacho)
58'  Fred (Scott McTominay)
61'  Lisandro Martinez
64'  Scott McTominay
77'  Casemiro (Marcel Sabitzer)
77'  Lisandro Martinez (Tyrell Malacia)
85'  Marcus Rashford (Anthony Elanga)


90+3. O'yin yakunlandi! "Manchester Yunayted" APLda o'z tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

Salahning super uzatmasidan so'ng Firmino to'pga ega chiqdi va darvozani ishg'ol qildi!

88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Liverpul" bugun barcha uchun teatr uyushtirmoqda!

86. Bu o'yinni kelajak avlod ko'rmoqchi bo'lganda highlights'larda, albatta, 18+ belgisi bo'lishi kerak :)

Yana bir kombinaciya gol bilan yakunlandi. MYU jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan so'ng to'p biroz orqaroqqa - Salahga kelib tushdi, misrlik futbolchi esa osonlik bilan darvozani ishg'ol qildi!

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Salahdan ham dubl va hisob chinakamiga sharmandali ko'rinishda!

79. Bugungi o'yin qahramonlari - Gakpo hamda Nunes zaxiraga olindi. Oddiy qilib aytganda "Missiya - done"!

Darvin Nunes havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!


76. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nunes ham dublga erishmoqda, de Xea uchun esa og'ir tun!

73. Reshford Alissonni aldab o'tib darvoza tomon zarba berdi, to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.

72. Reshford darvozabon bilan birga-bir chiqib borayotganda Trent Aleksander-Arnold to'pni maydondan chiqarib yubordi, bu paytdi Markus yiqildi, hakam ushbu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmagan deb topdi.

70. O'yin yakuniga 20 daqiqa bor. Maydon egalari bugun istaganlarini qilishmoqda. MYUning hech bir hujumi o'xshamayapti.

Yana qarshi hujum, yana gol. Salah jarima maydonchasi chizig'ida o'ziga uzatib berilgan to'pni o'ng oyoqda darvozaga yo'lladi va ajoyib gol muallifiga aylandi!

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Salah hisobni yanada yiriklashtirdi!

57. "Liverpul" tinmayapti. Gakponing uzoq masofadan yo'llagan zarbasi rekoshet bo'lib maydonni tark etdi.

56. Robertsonning darvoza tomon yo'llagan aylanma zarbasi noaniq bo'ldi.

55. Xo'sh, buyog'iga Ten Xag shogirdlari vaziyatni o'nglay oladimi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

MYU hujum uyushtirayotgan bir vaqtda "Liverpul" to'pni olib qo'yib qarshi hujumga o'tib ketdi. To'p o'ng qanotdagi Salahga kelib tushdi, uning uzatmasini esa Gakpo de Xeadan o'tkaza oldi va hisobni uchtaga oshirdi!

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Gakpo dublga erishmoqda!

49. Antonining kuchli zarbasini Alisson qaytardi. 

Maydon egalarining uyushtirgan kombinaciyasi yana ish berdi. Maydon markazidan boshlangan hujum o'ng qanotdan ko'chdi. Elliotning uzatmasini esa Darvin Nunes darvoza yo'llab, gol urdi.

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Nunes hisobni ikkitaga oshirmoqda!

46. Maydon egalari bo'limni faol boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+1. O'yinning dastlabki bo'limi yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

45. MYUdan ajoyib hujum. Brunu darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi, zarba berishga imkon topolmadi, to'pni Vergxostga uzatdi, uning zarbasi noaniq bo'ldi. Qo'shimchasiga, mazkur vaziyatda avvalroq Fernandesh offsaydda qolib ketgan ekan.

Robertson o'ziga uzatib berilgan to'pni qabul qilib olib biroz markazroqqa yurdi, so'ng chap qanotda ochiq turgan Gakponi ko'rib, unga to'pni uzatdi, Kodi bir futbolchini aldab o'tib zarba berdi va ajoyib gol urdi!

43. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Gakpo uchrashuvda hisobni ochdi!

42. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Kazemiro boshi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi. Biroq, ushbu vaziyatda braziliyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgani malum bo'ldi - gol hisobga olinmadi.

34. MYU ham "hujumlar yomg'iri"ni amalga oshirmoqda. Hozircha ikki jamoaning hujumlaridan ham naf chiqmayapti. 

Konate to'p bilan kelisha olmayapti :)

27. Reshford o'ziga uzatib berilgan to'pga juda sekin zarba berib qo'ydi, to'pni Alisson ushlab oldi.

26. Dalotning havolatib uzatgan to'pini Brunu Fernandesh darvozaga yo'lladi, ammo to'p biroz noaniq ketdi.

23. Robertsonning chap qanotdan uzatgan to'pini Nunes darvozaga yo'lladi, ammo to'p yo'liga MYU himoyachisi to'g'anoq bo'lib qoldi.

22. To'p nazorati bo'yicha ustunlik: 62% - 38%.

16. "Liverpul"ning yanotlardan uyushtirayotgan hujumlari tinmayapti. Aftidan, Klopp bugun jamoasiga tezkor gol urish, umuman, 1-raqamli bo'lib o'ynash vazifasini qo'yganga o'xshaydi.  

14. Salahning zarbasi noaniq bo'ldi.

10. Antonining uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Alisson qaytardi.

3. Maydon egalari uchrashuvni ancha faol boshladi deyish mumkin. Jamoa faqat va faqat oldinga yurish qilmoqda. 

2. Dastlabki daqiqalar anchagina kurashga boy boshlandi. Ikki jamoaning futbolchilari ikki marta o'zaro to'qnashib ketishdi.

1. O'yin boshlandi!

"Enfild" uzra "You're never alone" qo'shig'i muxlislar tomonidan jo'r bo'lib aytilmoqda. 

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi. 

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика