APL grandlari jamoaga olib kelmoqchi bo'lgan murabbiy o'z klubi bilan yangi shartnoma imzoladi
30 may 22:55
Yangiliklar
APL grandlari jamoaga olib kelmoqchi bo'lgan murabbiy o'z klubi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Ipsvich" o'z murabbiyi bilan 2028 yilga qadar yangi bitim imzoladi.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri bo'lib turgan Kiran Makkenna "Ipsvich" bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi. Klubi murabbiy bilan 2028 yilga qadar hamkorlik qiladi.
Malumot uchun, Makkenna 2021 yildan beri "Ipsvich"da ishlab keladi. Klub Kiran Makkenna bilan uchinchi diviziondan APLgacha ko'tarildi.
Eslatib o'tamiz, Kiran Makkennaga MYUdan tashqari "CHelsi" va "Brayton" jamoalari ham qiziqish bildirishayotgan edi.
Fikrlar