APL: 31-tur prevyusi
29 mar 2014 16:37
Yangiliklar

APL: 31-tur prevyusi
So'nggi o'yinlarda nuqul muvoffaqiyatsizlikka uchrayotgan “Arsenal”, CHempionlik uchun dadil qadamlar bilan borayotgan “Manchester Siti”ni to'xtatishga urinadi.
“Liverpul” esa “Enfild”da “Totenxem”ga imkon qoldirmaslik uchun bor kuchini sarflaydi. Bu ishni birinchi davrada safarda uddasidan chiqqandi. Londonning “CHelsi”si “Selxerst Park”da ortiqcha qiyinchiliksiz navbatdagi 3 ochkoni qo'lga kiritishni maqsad qilgan. SHu va 32-turing boshqa intrigalaribilan tur oldi prevtbsida tanishing.
“CHelsi” uchun oson uch ochko?
Garchi “CHelsi” bu safar ham London derbisi bahsini o'tkazsada, bu galgi har qanday hisobdagi g'albasi “Arsenal”ga qarshi o'yindagidek qarshi olinmaydi. Biroq “Kristal Pelas”ga qarshi o'yin ham chempionlikka davo qilayotgan Mourino shogirdlari uchun juda muhimdir. Ortidan kelayotgan “Liverpul” hamda “Siti” ularga yaqinlashib qolganini sezib turgan “ko'klar”ning bir oydan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan jamoaga qarshi o'yinda xato qilishga haqqi yo'q. “Selxerst Park”dagi o'yin oldidan “arsitokratlar” bosh murabbiyi Joze Mourino hamkasbi Toni Pyulisning “Pelas”da olib borayotgan ishini va raqibning fantastik muxlislarini maqtadi. SHunday bo'lsa-da, raqibni maqtashni qoyil qilgan murabbiydan o'yinda shafqat kutish yaramaydi.
Venger uchun xatolar ustida ishlash imkoni
“Arsenal”ning o'tgan haftadagi “CHelsi”dan qabul qilib olgan yirik hisobdagi mag'lubiyati, ko'pchilikka fevral oyida “Liverpul”dan engilgan o'yinini eslatib yubordi. Grandlarga qarshi o'yinlarda o'zini butunlay yo'qotib qo'yayotgan Venger jamoasi qayd etilgan natijalardan xulosa chiqarmas ekan, sovrinlar armon bo'lib qolaveradi. Yuqorida eslab o'tilgan har ikki yirik mag'lubiyatlarda ham raqib “to'pchilar”ga qarshi kuchli va intensiv pressing qo'lladi. “Arsenal” himoyasi esa juda tarqoq va sustkash o'yin namoyish etdi. Natja esa hammaga malum.
“Manchester Siti” o'yining eng yaxshi sport formasiga chiqib olganini hisobga olgan holda, Arsen Venger o'z taktikasidagi qay bir nuqta darz ketganini tezda aniqlashtirib, un yamash bilan, tuzatish bilan shug'ullanmasa bo'lmasligini takidlash kerak. Aks holda yana bir yirik hisob qayd etilgan o'yinni ko'rishimiz va bu safar ham natija “Arsenal” foydasiga bo'lmasliki mumkin.
Muxlislarni biroz bo'lsada tinchlantirish Moyesning qo'lidan kelarmikan?
Ayni paytda hech kim Devid Moyes bilan o'rin almashishni istamasa kerak. Endi hammasi yaxshi bo'lgandek, o'yinlar izga tushgandek, gatija esa yaxshilanayotgandek tuyula boshlashi, tunnel ohirida yorug'lik ko'rinay deganida uning yo'lidan “Liverpul” yoki “Siti”ga o'xshagan “dushmanlar” paydo bo'lib, yorug'likdan asar ham qoldirishmayapti va yana MYU muxlislari qalbiga zulmat olib kiryapti. Bu yoqdan esa uning jamoadan ketishi kerakligi haqida har turli chaqiriqlar yangray boshladi muxlislar tomonidan. Ha, uning holi xavas qilgulik emas.
Moyesning baxtiga bu safar turnir jadvalida yuqori o'rinlardagi jamoalardan biriga qarshi emas, “Yunayted” premer-ligada eng ko'p ochko olgan raqibi “Aston Villa” bilan o'ynaydi bu turda. “Bavariya”ga qarshi “Old Trafford”dagi o'yin oldidan bunday o'yinlarda mag'lub bo'lishga Moyesning mutlaqo haqqi yo'q.
Kurashdan chiqqanlar bahsi
Agar faqat chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar haqida gapirilaverishidan va ularning o'yinidan zerikkan bo'lsangiz (shunaqalar bormikan o'zi?), yoki chempionatda jon saqlashga urinayotganlar bahsi sizga qiziq bo'lmasa va shunchaki hech narsa uchun kurashmayotgan ikki jamoaning chiroyli o'yinini tomosha qilmoqchi bo'lsangiz, “Sent Meri” tomon yo'l olavering. U erda sizni quyi dvizionga tushib ketmaslik masalasini hal qilib qo'ygan, evrokuboklar uchun kurashdan esa chiqib ketgan “Sautgempton” va “Nyukasl” jamoalari kutib turibdi.
Bu o'yin natijasidan hammaga na issiq va na sovuq. Hech bo'lmasa o'tgan turda “Stemford Brij”da Oksleydni Gibbs bilan adashtirish orqali mashxur bo'lib ketgan Andre Mariner bu safar nima hunar ko'rsatishini kuzatish uchun ham o'yinni tomosha qilsa bo'ladi.
Ross Barkli cho'kayotgan “Fulxem”ga qarshi
“Fulxem”ga bosh murabbiy etib Feliks Magat tayinlangan vaqtida endi londonliklarning ishlari yaxshilanib ketadi deb o'ylagandi. Biroq u boshchiligidagi jamoa ham tanqid obekti bo'lyapti. Magat boshchiligida ular 5 o'yinda to'rt ochko qo'lga kiritdi xolos va elit ligada qolish uchun kurashishda davom etyapti va xavfli zo'nadan chiqish uchun ularga hozirda 5 ochko etmayapti. Agar Magat Yaya Ture bilan uchrashuvdan keyin, bunda yomoni bo'lmaydi deb o'ylagan bo'lsa, “Everton” futbolchisi Ross Barkli bu fikrni noto'g'ri ekanini isbotlashga tayyor. “Everton”ning mahoratli yosh azosi “Nyukasl” himoyasidan ajoyib bir kotlet tayyorlay oldi va chempionatning so'nggi pog'onasida borayotgan jamoaga qarshi bahsdayam bu ishni qaytarishga qarshi emas.
Ikki xil yo'l
Yaqin-yaqinlargacha “Liverpul” hamda “Tottenxem”ni to'rtlikka kirish uchun kurashuvchi ikki raqobatchi deb hisoblab kelardik va ulardan ortig'ini kutmasdik ham. Bu mavsumda esa “Liverpul” bir bosh balandroqqa sakray oldi va chempionlik uchun eng asosiy davogarlardan biri sifatida namoyon bo'lmoqda. “SHporlar” esa bir necha og'ir mag'lubiyatlarni qabul qilib olishiga to'g'ri keldi va hozir ular tezroq mavsumni yakunlab olish haqida o'ylayapti xolos.
Ayrimlar bu jamoalar orasidagi farqni faqat Luis Suares timsolida ko'ryapti. Biroq turnir jadvali hamda statistika bu fikrning aksini tasdiqlayapti. “Liverpul” 31 o'yinda 84ta gol urib ulgurdi. O'z maydonida esa ularni to'xtatishning deyarli imkoni yo'q. Uyda faqatgina ikki bor ochko yo'qotgan liverpulliklar. “Enyild”dagi o'yinda “Tottenxem”ga omad deganidan ancha-muncha kerak bo'ladi.
“Vest Xem” muxlislariga nima maqul?
Hafta o'rtasida o'tkazilgan o'yinda “Vest Xem” “Xall” ustidan g'alaba qozondi. Biroq “Apton Park” uni huddi mag'lubiyatdek qabul qildi. Sem Ellardays fanatlarninrg bunday munosabatini izohlashni ham tushunishni ham istamayapti. Muxlislar “Vest”ning esa bunday zerikarli o'yinlardan zerikaishgan ko'rinishadi. Biroq Ellardaysning shu zerikarli o'yin uslubi bilan jamoa o'zining elitadagi o'rinini saqlab qoldi. “Sanderlend” bilan o'yin oldidan o'rtamyona jamoalar uchun odatiy bo'lgan normal kayfiyatda borishadi. “Qora mushuklar” esa “Vest Xem”dan farqli ravishda juda tomoshabop o'yin namoyish etish bilan bir qatorda yomon natijalar qayd etmoqda va xavfli zonadan o'rin olib turibdi. Londonlik muxlislarga qay biri maqul?
Tur o'yinlari
29 mart, shanba
17:45 "Manchester Yunayted" – "Aston Villa"
20:00 "Kristal Pelas" – "CHelsi"
20:00 "Sautgempton" – "Nyukasl Yunayted"
20:00 "Stok Siti" – "Xall Siti"
20:00 "Suonsi Siti" – "Norvich Siti"
20:00 "Vest Bromvich Albion" – "Kardiff Siti"
22:30 "Arsenal" – "Manchester Siti"
30 mart 2014, yakshanba
17:30 "Fulxem" – "Everton"
20:00 "Liverpul" – "Tottenxem Xotspur"
31 mart, dushanba
23:55 "Sanderlend" – "Vest Xem Yunayted"
Abror Qodirov tayyorladi

Fikrlar