So’nggi yangiliklar

19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  10 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 19:16"Райо Вальекано" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  6 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0 18:02Хамес Родригес Европага қайтиши мумкин  3 17:37Мирко Йеличич: "Биз бундай футбол ўйнашни истамаймиз. Лекин бизга бу мағлубият ҳам етарли бўлди"  0 17:05"Милан" Левандовски билан шартнома имзоламоқчи  4 17:00Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Андижон"ни мағлуб этди  30 15:54Про лига. "Локомотив" Суперлигага қайтди, "Арал" плей-оффда ўйнайди  9 15:23"Қўқон-1912" - "Пахтакор" ўйинида 33 йиллик натижа такрорланди  1 14:43Ирландия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон Япония ва Жанубий Корея сингари ривожланиб бораётган кучли жамоа ҳисобланади"  3 14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  13

Apellyaciya qo'mitasi "Andijon" azosi Rubin Xebayga nisbatan qo'llanilgan jazoni engillashtirdi Yangiliklar

Apellyaciya qo'mitasi "Andijon" azosi Rubin Xebayga nisbatan qo'llanilgan jazoni engillashtirdi

O'zbekiston futbol associaciyasi Apellyaciya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda kun tartibidan o'rin olgan masalalar, xususan, Tartib-intizom qo'mitasining 2023 yil 28 martdagi qarori hamda Hakamlar qo'mitasining 2023 yil 23 martdagi qarori ustidan "Andijon" futbol klubining yozgan apellyaciya shikoyati ko'rib chiqildi.

2023 yil 11 mart kuni Superliganing 2-tur doirasida "Surxon" va "Andijon" futbol klublari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda "Andijon" futbolchisi Rubin Xebayning uchrashuv bosh hakamini chet tilida haqorat qilganligi oqibatida bosh hakam tomonidan qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat va videoyozuvlar mutaxassislar tomonidan qayta o'rganib chiqilib, futbolchiga nisbatan tayinlangan intizom jazo chorasini engillashtirish uchun asoslar mavjudligi to'g'risida fikr berildi.

Apellyaciya qo'mitasi O'zbekiston futbol associaciyasining Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqib, "Andijon" futbol klubi futbolchisi Rubin Xebayga nisbatan qo'llanilgan intizomiy jazo chorasini qisman o'zgartirish lozim degan xulosaga keldi.

Apellyaciya qo'mitasi "Andijon" futbol klubining futbolchisi Rubin Xebayga nisbatan qo'llanilgan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom jazosini 2 ta o'yinga o'zgartirish hamda jarima intizom jazosini o'zgarishsiz qoldirish yuzasidan qaror qabul qildi.

SHuningdek, Apellyaciya qo'mitasi "Andijon" futbol klubi tomonidan Hakamlar qo'mitasining 2023 yil 23 martdagi qarori ustidan berilgan shikoyat arizasida Hakamlar qo'mitasining qarorini o'zgartirish uchun etarli asoslar mavjud bo'lmaganligi uchun qanoatlantirishni rad etdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика