So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Anxel Lopes: "O'zbekistonda toza va halol futbol bo'lishini istayman. Hakamlarni muhokama qilmayman" Yangiliklar

Anxel Lopes: "O'zbekistonda toza va halol futbol bo'lishini istayman. Hakamlarni muhokama qilmayman"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Qo'qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o'tdi.




"Birinchi bo'limda o'yinni yaxshi nazorat qildik. Bir qancha keskin vaziyatlar yaratdik. Oldinga qarab intildik. O'yinda ko'p to'xtalishlar bo'ldi. Biz yanada tezroq o'ynashimiz mumkin edi. Mazkur g'alaba oldindagi rejalarimiz uchun yaxshigina ruhiyat beradi", - deydi Lopes.

- Javohir Sohibovning yana zaxiraga olinishi nima bilan bog'liq?

- Ochig'i unda jarohat bor edi. Bu haqida gapirishni o'zi qo'rqinchili. 

- Bugungi o'yindagi hakamlik borasida fikrlaringiz qanday?

- Hakamlarni muhokama qilish men uchun qiyin. Ularga baho bermayman. Mening maqsadim jamoamni shug'ullantirish, g'alaba qozonish. O'zbekistonda toza va halol futbol bo'lishini istayman. Qolgan ishlarni muhokama qilish mening vakolatimga kirmaydi. 

- "Lokomotiv" bilan o'yinga qaraganda taktika qanchalik o'zgardi?

- O'yindan keyin nimadirni o'zgartirish kerak edi. SHunday bo'ldi. Qolaversa raqibni ham yaxshi o'rgandik. Qolgan o'yinlarda ham bugungidek natija ko'rsatishga harakat qilamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика