So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Anxel Lopes: "Hakamlarning ko'plab qarorlaridan noroziman" Yangiliklar

Anxel Lopes: "Hakamlarning ko'plab qarorlaridan noroziman"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Surxon" – AGMK (1:2) uchrashuvidan so'ng termizliklar ustozi Anxel Lopes fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida 

- Superliganing eng kuchli klublaridan biriga qarshi o'ynadik. AGMK standart holatlar bo'yicha juda kuchli jamoa. 

Qiziqarli bahs guvohiga aylandik. Ko'plab hujumlar uyushtirishga va pressing qo'llashga urindik. Ammo hamma rejamiz ham ish bermadi.

- O'yin vaqtida hakamga nisbatan juda ko'p etiroz bildirdingiz. O'yin davomida 50% futbolchilarga ko'rsatma bergan bo'lsangiz, 50% etiroz bildirdingiz, desak ham bo'ladi...

- Futbol shunisi bilan qiziq va uni shuning uchun ham yoqtiramiz. Bu mening uslubim. Men har doim shunday ishlayman. 

- Zoir Jo'raboev nega almashtirildi?

- U dastlabki 25 daqiqada juda yomon harakatlandi. Uning o'yinidan qoniqmadim. Bu Zoirning 10-15 kun davomida Tojikiston terma jamoasi ixtiyorida bo'lgani bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin. SHu sabablar tufayli uni almashtirishga qaror qildim. 

- Jamoangiz hali g'alaba nimaligini bilganicha yo'q. Bu sizga bosim yuklab, ruhiy holatingizga tasir qilmaydimi?

- AGMK ham hozirgacha g'alaba qozonmayotgandi. Jamoalar bugun yaxshi o'yin ko'rsatishdi va ko'plab vaziyatlarni yaratishdi. AGMK ulardan unumli foydalanib, haqli g'alabaga erishdi. Biz oldinga intilishda davom etamiz.

- Ortda qolgan 4 turdan kelib chiqsak, "Surxon"ning eng qiyin raqibi AGMK bo'ldi, deb hisoblaysizmi? 

-  Yo'q, eng mushkul raqib "Navbahor" bo'ldi. Ammo bugun ham qiyin bo'lganini alohida takidlab o'tishim lozim. 

SHuningdek, hakamlarning ko'plab qarorlaridan noroziman. Afsuski, ko'plab jarima to'plari va "aut"larda AGMK foydasiga qaror chiqarishdi. 

Bularning barchasidan tushkunlikka tushmaymiz va qo'l siltamaymiz. Oldimizda hali ko'p o'yinlar bor. Bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga alohida tashakkur deyman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика