Anvar Hojimirzaev: "Bu yutuq bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz" Yangiliklar

Anvar Hojimirzaev: "Bu yutuq bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz"

"Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2021" musobaqasining "Bunyodkor"-"Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Anvar Hojimirzaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu yilgi musobaqa ko'tarinki ruhda o'tdi deb o'ylayman. Turnir davomida "Buxoro", "Turon", "Qo'qon-1912" va "Bunyodkor" kabi kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik. Birinchi o'rinni maqsad qilgan edik, afsus final bahsida omadimiz chopmadi. Umumiy xolatda aytadigan bo'lsak bu turnirdagi ishtirokimiz yomon chiqmadi. Musobaqa davomida ko'rdik, yana o'z ustimizda ishlashimiz zarur ekan. Nasib bo'lsa yangi mavsumda PRO-Ligada g'olib chiqib Superliga yo'llanmasiga ega chiqmoqchimiz. 

Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganim menga qo'shimcha ishtiyoq beradi. Lekin bu bilan to'xtab qolmaymiz. O'z ustimizda yanada ko'proq ishlab, har bir uchrashuvda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilamiz degan umiddamiz" - deydi Anvar Hojimirzaev.


Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика