So’nggi yangiliklar

11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  0 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  3 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3

Anvar G'ofurov: “Uchrashuvning muhimligi “el-klassiko”dek bo'ldi” Yangiliklar

Anvar G'ofurov: “Uchrashuvning muhimligi “el-klassiko”dek bo'ldi”

Teglar :  ObodAnvar G'ofurov
Bugun oliy liganing 29-turidan o'rin olgan “Obod” hamda “Andijon” jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Ushbu bahsda tomonlar nursiz durang qayd etishdi.

Uchrashuvdan so'ng “Obod” jamoasi himoyachisi Anvar G'ofurov o'yin haqida fikr bildirdi.

“Birinchi bo'lim so'nggida biz 10 kishi bo'lib qoldik. Jamoadoshimiz Doniyor Hasanov hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochkani ishlab olib maydondan chetlatildi. SHuning uchun o'yin surati ham o'zgardi oldimizdagi vazifa ham o'zgardi. To'liq tarkib bilan o'ynayotganimizda vazfiamiz raqib darvozasiga gol urish bo'lgan bo'lsa, kamchilik bo'lib qolganimizdan so'ng “ko'rpaga qarab oyoq uzatdik”. SHuning uchun ham hich bo'lmasa durang natijani saqlab qolmoqchi edik. Agarda kamchilik bo'lib qolganimizdan so'nggi vaziyatni nazarda tutadigan bo'lsak, natija o'yinga mos bo'lmadi, deb o'ylayman.

Jamoadoshlarim bilan minimal natija qayd etganimizdan xursandmiz. Bir taym kamchilik bo'lib harakat qilish juda ham qiyin. To'g'risini aytsam, bugungi uchrashuvning muhumligi “el-klassiko”dek bo'ldi. Biz ligada qolish uchun o'ynagan bo'lsak, ular yani “Real” va “Barselona” chempionlik uchun kurash olib borishadi. Muhimligi mana shunda. Maydonga Alisher SHog'ulomov tushganidan so'ng, u bilan biroz tortishib qoldik. Bu tabiiy hol, futbolda bunday hodisalar bo'lib turadi.

Maydonda kamchilik bo'lib qoldikmi, demak har birimiz ikki baravar kuch bilan o'ynab chetlatilgan futbolchini o'rnini bildirmasligimiz kerak. Agarda to'liq tarkib bilan harakat qilganimizda men jamoadoshimga etiroz bildirmasdim. Baribir eng asosiysi natija, men jamoadoshlarimning ko'rsatgan o'yinidan qoniqish hosil qildim. SHog'ulomovdan norozi emasman. Barcha gap so'zlar maydonda qolib ketadi. Tashqariga chiqqandan so'ng, aka-uka, oshna-og'aynigarchilik davom etadi”, - deydi “Obod” jamoasi himoyachisi Anvar G'ofurov.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика