So’nggi yangiliklar

12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   3 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  16 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  24

Anvar G'ofurov: "Tegishli xulosalarni chiqaramiz" Yangiliklar

Anvar G'ofurov: "Tegishli xulosalarni chiqaramiz"

O'zbekiston kubogining 2-turidan o'rin olgan "Qiziriq" - "Bunyodkor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Anvar G'ofurov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz rotaciya qilishda davom etdik. CHempionat o'yinlaridan oldin kim bilan ishlashda davom etishni bilib olishimiz zarur edi. Barchaga imkon berishga harakat qildik. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz darajasi tushib ketdi.

- Fikrlaringizdan kelib chiqsak, jamoa Superligada xavfli xududni tark etish uchun kubokni qurbon qilayapti desak bo'ladimi?

- Yo'q, guruhdan ikkita jamoa chiqadi. Oxirgi o'yinimizda asosiy tarkibga yaqin jamoani maydonga tashlaymiz.

- Oxirgi ikkita o'yinda to'pni duch kelgan tomonga tepib yuborilayapti. Buning sababi nima?

- Bizning yigitlarda charchoq alomatlari ko'rinib qolayapti. Guruh uchrashuvlarida shunaqa qiyin bo'lishini bilgandik. Barcha jarayonni meyorida ushlashga harakat qilayapmiz. Urg'uni chempionatga qaratayapmiz baribir.

- Yigitlarda ishtiyoq ko'rinmayapti...

- Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqmadim. Bizda endi kim bilan davom etish uchun xulosalarimiz bor. Oxirgi turda natija uchun o'ynaymiz.

- Bugungi natija jamoa kayfiyatiga tasir ko'rsatadimi?

- Albatta, tasir ko'rsatmasdan qolmaydi. Tegishli xulosalarni chiqaramiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика