So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  1 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  3 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  14 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

Anvar Berdiev: "Yaqin muddat ichida klub oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yiladi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Yaqin muddat ichida klub oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yiladi"

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Buxoro" – "SHo'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.



O'yin haqida

- "Buxoro"ni pley-off yo'llanmasi bilan tabriklayman. Yigitlarga rahmat, qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi. Bugun bizni faqat g'alaba qoniqtirardi. "Buxoro" baribir Superliga jamoasi bo'lgani uchun klassda ustunlik qildi. 

- Jamoangiz o'yinidan qayd darajada qoniqdingiz?

- Futbolchilarimga hech qanday etiroz yo'q. O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik. "Buxoro" Superliga jamoasi hisoblanadi. 

- "SHo'rtan" bir necha yildan beri Pro ligada harakat qilmoqda. Oldinlari klub Superliganing muntazam ishtirokchisi edi. Klub yana Superligaga qaytishiga nima halal bermoqda?

- "SHo'rtan" oldinlari Superligada harakat qilardi. Klubning qarzi ko'payib ketgani sababli jamoada muammolar bo'lardi. Hozir esa rahbariyatga rahmat aytmoqchiman. Ayni damda hech qanday murabbiy yoki futbolchidan jamoa qarzdor emas. Yaqin muddat ichida klub oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yiladi va "SHo'rtan" bunga arziydi.

- "SHo'rtan" bugun bosimsiz, erkin o'ynadi. Bu sizning ko'rsatmangiz edimi?

- Har bir o'yindan oldin yigitlarga istalgan jamoa bilan o'ynash mumkinligini aytaman. Tezroq qaror qabul qilib, harakat qilinsa, Pro Liga va Superliga darajasi unchalik ham katta emas va natijaga erishsa bo'ladi. Futbolchilarim harakat qilishdi. Ularda o'zlariga ishonch ham bor edi. Bugun ham g'alaba qozonamiz deb maqsad qo'ygandik. Umuman, istalgan turnirda "SHo'rtan" g'alaba uchun maydonga chiqadi. Bugun ham masalan, 10 kishi bo'lib qolganimizga qaramasdan oldinga bordik. Yana bir bor "Buxoro"ni tabriklayman.

- "Buxoro" sizga begona emas. Ikki yil oldin jamoada ishlagansiz. O'sha davrdagi "Buxoro" va hozirgi jamoaning bir biridan farqi bormi?

- Albatta, farqi bor. Biz ishlagan davrda jamoa Pro ligada o'ynardi, hozir Superligada. Futbolchilarning jarajasida ham farq bor. Bugun ham so'nggi daqiqalarda ular bizni jazolab qo'yishlari mumkin edi. Biroq, vaziyatni yakunlaydigan o'yinchi topilmadi. "Buxoro"ga Superligadagi o'yinlarida omad tilayman. "Buxoro" jamoasi va muxlislari Superligaga munosiblar. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика