So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Anvar Berdiev: "Xorazm" darvozaboni juda yaxshi o'ynadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Xorazm" darvozaboni juda yaxshi o'ynadi"

Superliga-2025 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Sho'rtan" (2:0) bahsidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Tayyorgarlikni asosan Toshkentda olib borgan edik. Bugun esa Superligadagi dastlabki uchrashuvni "Xorazm"ga qarshi o'tkazdik. Bugun durangga erishishimiz ham mumkin edi, ammo raqib darvozaboni o'z jamoasini ko'p marotaba qutqardi. Keyin esa hujumga zo'r berdik va qarshi hujumda ikkinchi golni o'tkazib yubordik" - dedi Anvar Berdiev bugungi bahs haqida.

- "Sho'rtan" jamoasi yangi mavsum oldidan o'z tarkibini asosan yosh futbolchilar bilan kuchaytirdi. Yangi mavsumga yig'ilgan tarkibdan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda? Yangi futbolchilarning bugungi uchrashuvdagi harakatlariga qanday baho berasiz?

- To'g'ri, jamoamiz asosan yosh futbolchilarni o'z safiga jalb etdi. Biz tajribaliroq himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi edik, ammo buning imkoni bo'lmadi. Mavsum hali endi boshlandi, ushbu futbolchilar hali o'zini ko'rsatishadi. Bugungi bahsni tahlil qilib, keyingi o'yinlarda yaxshiroq natijaga erishishga intilamiz.

- "Sho'rtan" yomon o'yin ko'rsatmadi, to'pni nazorat qildi va vaziyatlarga ega bo'ldi. Jamoangiz namoyish etgan o'yini bilan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatga loyiq edimi?

- Jamoa yutqazdimi, demak raqib yaxshiroq o'ynagan bo'ladi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi va hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi, lekin "Xorazm" jamoasi posboni bugun juda yaxshi o'ynadi. Biroz omad ham etishmadi. Futbolchilarim keyingi turlarda yanada yaxshiroq o'yin namoyish etishiga ishonaman.

- "Sho'rtan" jamoasi yangi mavsumda o'z oldiga qanday maqsadlar qo'ydi?

- Maqsadimiz har bir bahsda g'alaba qozonishga harakat qilish. Oxirigacha kurashamiz. Mavsumni g'alabasiz boshlash juda qiyin. Bugungi mag'lubiyatni tezroq esdan chiqarib, "Bunyodkor" haqida o'ylashimiz kerak. G'uzorga qaytib, bugungi o'yinni tahlil qilib chiqamiz. O'ylaymanki, keyingi bahsda jamoam yaxshiroq o'ynaydi va o'ziga kerakli bo'lgan natijaga erishadi.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика