So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  4 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  341 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Anvar Berdiev: "SHo'rtan" uy jamoasi emas. Pro ligada ochko osonlikcha qo'lga kiritilayotgani yo'q" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "SHo'rtan" uy jamoasi emas. Pro ligada ochko osonlikcha qo'lga kiritilayotgani yo'q"

Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Do'stlik" - "SHo'rtan" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin haqida nima ham derdim, oddiy bo'lmagan bahsda g'alaba qozondik. "Do'stlik" jamoasida bosh murabbiy o'zgargan va ular o'tgan turda ilk uch ochkosini qo'lga kiritgandi. Tabiiyki, ruhiy ko'tarinkilik bor edi. Xudoga shukur, oldimizdagi vazifani bajardik. Futbolchilarimga borlarini bergani uchun rahmat aytaman",- deydi Anvar Berdiev. 

- "SHo'rtan" uy jamoasi bo'lib qolayotgandi. Safarda esa ko'p ochkolar yo'qotmoqda. Bugun mehmondagi ilk 3 ochkoga erishildi. Bu raqib darajasidan kelib chiqib shunday bo'ldimi yoki jamoa raqib maydonida qanday o'ynashni o'rgandimi?

- "SHo'rtan"ni uy jamoasi demagan bo'lardim. Safarda ham o'yinlar qiyin o'tmoqda. Pro ligada o'tkinchi uchrashuvlar yo'q. Ochkolar osonlikcha olinmayapti. Bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz. 

- Ikkinchi bo'limda "Do'stlik" bosimni oshirgan sari SHahboz Nuriddinovda xatolar ko'p kuzatildi. Uni almashtirmaslik zaxirada mos nomzod yo'qligi bilan bog'liqmi yoki sizning ishonchingiz?

- Zaxiramizda futbolchilar bor. SHahboz Nuriddinov o'ziga yuklatilgan vazifani qo'ldan kelgancha bajarishga harakat qildi. Endi xatolarni ko'rib chiqamiz va ustida ishlaymiz. 

- Birinchi davraning o'rtasidan o'tdik. "SHo'rtan" siz istagan holatga kirib boryaptimi?

- Istaymizmi yoki yo'q tarkibimizda yangi futbolchilar ko'p edi. Ular bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak. O'ylaymanki, uchinchi va to'rtinchi davraga kelib yanada chiroyliroq o'yin ko'rsatamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика