So’nggi yangiliklar

15:16Нукус шаҳридаги "Турон" стадиони 2026 йилги мавсумга тайёр бўлади  0 15:00"Қизилқум" Дилшод Комиловга ўринбосарлар жамоаси машғулотларида қатнашишга рухсат берди  1 14:41Эшитдик-да! Қарши давлат университети Про лигада ўйнаши мумкин  1 14:28"Олимпик-MobiUz"ни ушлаб қолишдан фойда борми? Эртага "Олимпик" тақдири такрорланмайдими?  1 14:25"Реал" очко йўқотди, "Арсенал" ва "Бавария" сенсацион тарзда тўхтатилди, Италияда янги етакчи — Еврофутбол дайжести   0 14:00Расман: "Олимпик" Фарғонага боролмайди  2 13:41Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  9 13:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Франция ўйинида ишлайди  0 12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  12 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  9 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  4 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  3 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  2 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2

Anvar Berdiev: "O'yingacha 5 himoyachimiz jarohat olgandi, bugun mana oltinchisi ham jarohatlandi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "O'yingacha 5 himoyachimiz jarohat olgandi, bugun mana oltinchisi ham jarohatlandi"

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida "Turon" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "SHo'rtan" bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

- "Turon"ni g'alaba bilan tabriklayman va chempionat doirasidagi o'yinlarida omad tilayman. Bu jamoa menga begona emas. O'yin haqida gapirsam, tezkor gol o'tkazib yuborganimizdan keyin yigitlar sarosimaga tushib qoldi. Sababi - 5 nafar himoyachimiz jarohat olib, safdan chiqqandi. Bugun esa oltinchi himoyachimiz ham jarohat olib, maydonni tark etdi. O'yinni bir himoyachi bilan tugatdik, yarim himoyachilarni himoyada o'ynatishga majbur bo'ldik. Bu esa baribir o'z so'zini aytdi. 

- Birinchi bo'limning o'zidayoq ikki o'zgarish qildingiz. Bu rejalaringizni qanchalik o'zgartirib yubordi?

- O'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat bergandik. Bobur Davlatovni almashtirishga majbur bo'ldik. Og'ir jarohatdan keyin u endi-endi o'ziga kelmoqda. O'yinga qo'shilib ketishi qiyin bo'ldi. Ikkinchi o'zgarish esa majburiy tarzda amalga oshirildi. 16 futbolchi bo'lib, Yaypan shahriga etib kelgandik. Yigitlarga etirozim yo'q. Bo'lgan o'zgarishlar rejalarimizni jiddiy o'zgartirib yubordi. Bu bahona bo'lolmaydi. Har bir futbolchi maydonga tushganidan keyin jonini berib o'ynashi kerak. O'yinni ko'rib taxlil qilamiz va Pro-liga o'yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Ikkinchi bo'limda jamoangizning o'yini jonlandi. Tanaffusda yigitlaringizga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Futbolchilarga maydonda tezroq paslar bilan o'ynash kerakligini aytdim. Birinchi bo'limda futbolchilar to'pni shunchaki ushlab turish bilan shug'ullanishdi. Ikkinchi bo'limda jamoaning o'yinida o'zgarishlar bo'ldi. Bu yigitlarning ruxiy holatiga ham bog'liq. CHunki "Turon" birinchi bo'limda imkoniyatlaridan foydalanib, bemalol futbol o'ynashni boshladi. Ikkinchi bo'limda esa yigitlar o'yinga boshqaa yondashishni boshladi. SHu sababli o'zgarishlar bo'ldi.

- Hozir jamoa tarkibida porlab chiqayotgan futbolchi bor. Muxriddin Zoirov haqida fikrlaringiz.

- Biror futbolchi haqida gapirishni istamayman. Bizda "SHo'rtan" jamoasi bor. U hali yulduz emas, ajralib turgani yo'q. U jamoaviy futbolchi bo'lishi kerak. Zoirov o'yindan-o'yinga biz talab qilgan vazifalarni bajarishga harakat qilyapti. Agarda u shunday darajada davom etsa, yaqin yillarda Superliga jamoasida o'ynashi mumkin.

- Sardor Telyakov va Mirzohid Mirzamahmudov kabi futbolchilarni bugun o'yinda ko'rmadik.

- Boshida aytganimdek, tarkibda jarohatlanganlar ko'p. Mirzamahmudov oyog'idan jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. Telyakov esa kelishimizdan ikki kun oldin mashg'ulotda jarohat oldi. 16 kishi bo'lib etib keldik. Bor tarkibimiz shu. Imkoniyatdan kelib chiqib maydonga tarkib tashladik.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика