So’nggi yangiliklar

11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  1 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчилар билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  14 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  2 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  15 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  7 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  6 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0

Anvar Berdiev: "Jarohatlar sabab yarim himoyachi o'rniga himoyachini maydonga tushirdik" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Jarohatlar sabab yarim himoyachi o'rniga himoyachini maydonga tushirdik"

Pro-liganing 7-turidan o'rin olgan "Yangier" - "Turon" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- Bugun juda qiyin o'yin o'tkazdik. Avval ham aytgandim, Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. "Yangier" o'tgan turda, yangi murabbiy Diyor Mirzaboev qo'l ostida g'alabaga erishgandi. Bugun ularga qarshi o'ynash qiyin bo'lishini bilardik. Mezbonlar o'yinni ko'tarinki ruhda boshlashdi. "Yangier"ga Diyor Mirzaboev qo'l ostida keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Jamoamiz azolarini va muxlislarimizni qiyin g'alaba bilan tabriklayman.

- O'yinning boshidagi jarohat va Ablug'ani Kamolovni majburan almashtirilishi sizning rejalaringizga qay darajada tasir qildi?

- Hozir bu haqida gapirsam, bahonaga o'xshab qolishi mumkin. Jamoamizda 4 nafar yarim himoyachilarda jarohat bor. Kim Boyong, Doniyor Ismoilov, Sardor Abdunabiev, Abdulazizxon Abdurashidovlar hozirda jarohatlarini davolashmoqda. Bugun biz vaziyatdan kelib chiqib qanotlarda himoyachilarni maydonga tushirdik. Mirzohid Mirzamahmudov va Abdug'ani Kamolovlar aslida himoya chizig'ida harakat qilishar edi. Zaxira o'rindig'imiz ham u qadar keng emas, bu vaziyat biz uchun kutilmaganda sodir bo'ldi va qiyinchilikka duch keldik. Abdug'ani Kamolovning jarohati hozirda bizda 5 nafar futbolchi safdan chiqqanini anglatadi. 

- "Yangier" jamoasining ikkinchi bo'limdagi o'yini haqida fikringiz qanday?

- Bu jamoaning o'z murabbiylari bor. Men "Yangier"ga navbatdagi tur o'yinlarida omad yor bo'lishini tilayman. Bu jamoada meni qo'l ostimda o'ynagan futbolchilar ham bor. Ularga chin ko'ngildan omad tilayman. 

- Xumoyun Murtozev bugun gol ura olmaganiga fikringizni bildirsangiz...

- Hohlaymizmi, yo'qmi to'purar futbolchiga etibor yuqori bo'ladi. U qo'lidan kelganicha harakat qildi, men uning o'yinidan qoniqish hosil qildim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика