So’nggi yangiliklar

10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  7 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  2 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3

Anvar Berdiev: "Jamoa rahbarlari "Arsenal"ga muxlislik qilishini bilmayman, biroq ular qizil va qora ranglarni yoqtirishadi" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Jamoa rahbarlari "Arsenal"ga muxlislik qilishini bilmayman, biroq ular qizil va qora ranglarni yoqtirishadi"

Pro liganing 1-turi doirasida bugun yana bir uchrashuv o'tkazildi. G'uzorda "SHo'rtan" - "Turon" jamoalari o'zaro to'qnash keldi (1:2). Uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi Anvar Berdiev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda qiyin o'yin o'tkazdik. "SHo'rtan"da Asror Aliqulov juda yaxshi jamoa shakllantirgan. CHunki "Istiqlol"da qo'l ostimda o'ynagan futbolchilarning bir nechtasi "SHo'rtan"ga kelib qo'shilgandi. Xudoga shukur g'alaba qozondik. Bu narsa tarixga aylandi", - deydi Anvar Berdiev. 

- CHobanovning qarorini qanday baholaysiz?

- Futbol hissiyotli o'yin. Gohida o'zingizni boshqara olmaysiz. Marlenga tushuntiramiz. O'zini bosiqroq tutishi kerakligini uqtiramiz. Qizil olgandan keyin qarorini oqlab bo'lmaydi. 

- "Turon" 10 kishi bo'lib g'alabaga erishdi. Bunga raqibning bo'shashishi sabab bo'ldimi?

- O'yin hushtakdan hushtakkacha bo'ladi. Vaziyat qanday bo'lishidan qatiy nazar oxirigacha kurashish kerak. Futbolchilar qo'lidan kelgan hamma narsani qilishdi. 

- Siz shakllantirayotgan "Turon" Pro ligada qaysi o'rin uchun kurashadi?

- Avvalo, jamoamiz homiylariga rahmat aytaman. O'zimiz istagan futbolchilar bilan shartnoma tuzishimizga sharoit qilib berishdi. Ilohim, ishlariga baraka bersin. Superligaga chiqish uchun bu tarkib bilan oxirigacha kurashamiz. 

- Jamoaning formasi uzoqdan qaraganda "Arsenal" jamoasining libosiga o'xshab ketadi. Klubning rahbarlari orasida "Arsenal" jamoasi muxlisi yo'qmi?

- Jamoa rahbarlari "Arsenal"ga muxlislik qilishini bilmayman, biroq ular qizil va qora ranglarni yoqtirishadi. 






Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика