So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Anvar Berdiev: "Hech bir natija osonlikcha qo'lga kiritilmayapti" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Hech bir natija osonlikcha qo'lga kiritilmayapti"

Pro-liganing 5-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Turon" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Avvalambor, O'zbekiston ahlini, barcha futbol muxlislarini kirib kelayotgan Ramazon oyi bilan muborakbod etaman. Avval ham takidlagandim, Pro-ligada o'tkinchi o'yinlar bo'lmaydi. Guvoh bo'lganingizdek, hech bir natija oson qo'lga kiritilmayapti.

Yaratib berilayotgan sharoitlar uchun klubimiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, uzoq masofa bo'lishiga qaramasdan stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat. Kelgusi o'yinlarda yana g'alabalarga erishib asosiy maqsadimiz yo'lida intilishda davom etamiz.

- Koreyalik futbolchi Kim Bo Yong nega zaxirada qolib ketdi?

- Kim Bo Yong avvalgi turlarda muntazam o'ynadi. Biz uni ikkinchi bo'limda maydonga tushirib oldingi chiziqdagi tezkorlikni kuchaytirmoqchi edik. Lekin, o'yin davomida vaziyat o'zgarib ketdi. Bundan tashqari hujumchimiz Xumoyun Murtazoev ayni damda yuqori darajada o'yin namoyish etmoqda.

- Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan Siyovush Xabibulloevning yana zaxiraga olinishi Saidafzalxon Ahrorovning qizil kartochka olishi bilan bog'liqmi?

- Ha, shunday desa ham bo'ladi. Ahrorov qizil kartochka olib maydonni tark etgach, uning o'rnini to'ldirish uchun Siyovush Xabibulloevni zaxiraga oldik. Yarim himoyachi o'rniga himoyachini maydonga tushirdik.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика