So’nggi yangiliklar

16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  1 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  4 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  9 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  5 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  12 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  11 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0

Anvar Berdiev: "G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "G'alaba jamoaniki, mag'lubiyat esa murabbiyniki"

Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Turon" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




O'yin haqida

- O'yin derbiga xos ruhda o'tdi. "Andijon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. "Andijon" futbolchisi chetlatilishidan avval shogirdlarim diqqatni jamlab o'ynayotgandi, raqib 10 kishi bo'lib qolgach, xotirjamlikka berildik va ikkinchi golni o'tkazib yubordik. Undan avvalroq Humoyun Murtazoevda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. "Sen urmasang, senga urishadi" deganlari bor gap. 

- Raqib futbolchisining chetlatilishi sizning jamoangizni salbiy tasir ko'rsatmadimi?

- Yo'q, aksincha bizda ko'proq vaziyat uyushtirishga zamin yaratdi. "Andijon" standart vaziyatlardan unumli foydalandi. SHunchaki xotirjamlikka berilish oqibatida jazolandik.

- Bugungi o'yinni murabbiylik faoliyatiningizdagi eng og'ir mag'lubiyat sifatida qabul qilasizmi?

- Har bir mag'lubiyat murabbiyga og'ir alam qiladi. CHunki g'alaba qo'lga kiritilganda jamoaniki, mag'lubiyat bo'lsa murabbiyniki. 

- Qanotlardan asosan bir xil tarzda havodan uzatma orqali o'yin tashkil etildi, bu ko'p ham samar bermadi...

- Mashg'ulotlar jarayonida buning ustida ko'p ishlagandik, bilmadim, bugun shogirdlarimga hayajon xalal berdi shekilli. Xato qilishdan qo'rqib o'yin namoyish etishdi. O'yinni tahlil qilamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика