So’nggi yangiliklar

08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  4 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  8 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  0 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  8 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  1 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  1 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  5 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  9 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  3 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  8

Anvar Berdiev: "Derbi"lar hamisha murosasiz ruhda o'tgan" Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Derbi"lar hamisha murosasiz ruhda o'tgan"

PRO-Liga 11-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Anvar aka, bugungi o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz..
- Avvalombor, barchaga assalomu alaykum. O'yinni o'zlaring ko'rib guvohi bo'ldinglar, haqiqatdan ham "derbi" maqomiga mos bellashuv bo'ldi. "Derbi"lar hamisha qiyin bo'lgan, ayniqsa vodiy jamoalari o'rtasidagi o'yinlar murosasiz ruhda kechgan. Biz hozir bir ochko oldikmi, yoki ikki ochko yo'qotdikmi, bir narsa deyish qiyin. Lekin jamoamiz futbolchilariga rahmat aytaman, yigitlar oxirigacha borlarini berib kurashishdi. Navbatdagi o'yinlarga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Raqib jamoa tomonidan bugungi o'yinda 14 kishiga qarshi o'ynadik degan fikrlar aytib o'tildi. Bunga munosabatingiz qanday?
- Endi bilmadim, agar "Turon" 14 kishiga qarshi o'ynagan bo'lsa, maydondagi uch hakam ham bizni libosda bo'lishi kerak ediku. Ko'rdinglar, qancha vaziyatlarda bizning futbolchilar kartochkalar bilan jazolanishdi. Aslida bu haqida gapirmoqchi emasman, hakamlarni ishini nazorat qiladigan qo'mita bor. Bugungi o'yin uchun hakamlarga etirozim yo'q.

- Sizning fikringizcha, hakamlar o'yin tizginini nazoratdan chiqarib yubormadimi?
- Endi hakam ham barchamiz qatori oddiy inson. Ko'rayapsiz, oddiy vaziyatlarda futbolchilar ham xatoliklarga yo'l qo'yishmoqda. Bugungi o'yinda maydonning har bir qarichi uchun jiddiy kurash kechdi, bundan bellashuvda hakamlik qilish oson emas. Takror aytaman, hakamlar qo'mitasini nazorat qiladigan alohida qo'mita bor.

- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar qachon o'yinlarga qo'shilib ketishi mumkin?
- Tarkibimizga yangi jalb etilgan futbolchilarni asta-sekin o'yinlarga tayyorlab borayapmiz. Ko'proq hujum chizig'i vakillarini jalb etganmiz, bittasini tushirib, bittasini maydondan olayapmiz. Bazi futbolchilarga vaqt etmay qolyapti. Tez orada yangi qo'shilgan futbolchilar ham o'yinlarimizga to'liq qo'shilib ketishadi" - deydi "Istiqlol" bosh murabbiyi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика