So’nggi yangiliklar

19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  0 19:00Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" (матнли трансляция)  5 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  8 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  12 18:31Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор" 1:0 (матнли трансляция)  2 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  2 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  12 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0

Anvar Berdiev: "Bor futbolchilar bilan mavsumni davom ettiramiz" yoxud "Istiqlol" jamoasi qaytadan tiklanmoqda Yangiliklar

Anvar Berdiev: "Bor futbolchilar bilan mavsumni davom ettiramiz" yoxud "Istiqlol" jamoasi qaytadan tiklanmoqda

Eshitishimizga qaraganda yaqinda faoliyati tugatilgan Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi Pro ligadagi ishtirokini davom ettirishga yaqin turibdi.

Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida jamoa murabbiyi Anvar Berdievga yuzlandik.

"Ha, klub tiklanmoqda. Ko'p futbolchilar ketishdi. Qolganlar bilan o'ynaymiz. "Istiqlol"ni tiklanishi haqidagi xabar quvontirdi. Mavsumni jamoada qolgan futbolchilar bilan davom ettiramiz. Boshqa ilojimiz yo'q.

Bugun barchasi hal bo'ldi. Endilikda uy o'yinlarini "Istiqlol" stadionida o'tkazamiz. Bugun jamoa bilan yig'ilishni boshladik. Lekin, ketib qolganlar yaxshi bo'lmadi. Etti nafar asosiy tarkib futbolchilarimiz tark etishdi. Endi qolganlar va yosh futbolchilarimiz bilan o'ynashimizga to'g'ri keladi. Homiylik? O'zimizning klubning homiylari moliyalashtirishda davom etadigan bo'lishdi. Klubni tiklangani ruhiy jihatdan motivaciya berishi tayin. Lekin, bizga bo'lajak o'yinlarda oson bo'lmaydi. Etakchi futbolchilarimizsiz qiyin bo'ladi.

Murabbiylar shtabida menga darvozabonlar murabbiyi Bahodir aka SHamshiddinov yordam beradilar. Bilasiz, Sergey Lebedov "Neftchi" jamoasiga qaytdi. SHuning uchun jamoani men va Bahodir aka o'yinlarga tayyorlaymiz. Fursatdan foydalanib viloyat hokimimizga va homiylarimizga minntadorchilik bildirib qolaman",- deydi Anvar Berdiev.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика