So’nggi yangiliklar

13:58Суперлига. Плей-офф: "Арал" "Бухоро" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  9 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Anvar Berdiev: “Agarda penaltidan foydalana olganimizda yutishimiz ham mumkin edi” Yangiliklar

Anvar Berdiev: “Agarda penaltidan foydalana olganimizda yutishimiz ham mumkin edi”

Teglar :  Anvar BerdievTuron
Pro liga 19-turidan o'rin olgan “Turon” – “Buxoro” (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiev ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugun murosasiz va teng kurashlar ostidagi bellashuv bo'lib o'tdi. Bu o'yinda yutishimiz ham, balki mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. Futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman, ular oxirigacha kurashdi. “Buxoro” bilan bahsdagi natijani esdan chiqarib, keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. 

- Jamoangiz “Buxoro”ga qarshi bahsda bo'sh harakat qildimi yoki berilgan ko'rsatmalarni bajara olishmayaptimi?

- Men bunday fikrlarga qo'shilmayman. Futbolchilarimiz berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qilishmoqda. Agarda penaltidan foydalana olganimizda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. O'yinni qayta ko'rib chiqib, vaziyatlarni taxlil qilamiz. SHuni ayta olamanki, yigitlar harakat qilyapti. 

- Ikkinchi penaltini ham Murtozaev tepaman deganmidi?

- Bizda shtatli penaltilar bor. Bular Murtozaev, Abduraimov va Avilovlar. Qaysi biri birinchi o'ziga ishonmasa, ulardan biri bundan foydalanardi. O'yindan keyin foydalana olmagan penaltisini so'raganimda, u o'ziga ishonib, yo'nalishni o'zgartirdim dedi. Bu vaziyatda mehmonlar posboni omadli chiqdi. Ishonamanki, Murtazaev hali ko'plab gollar uradi va mavsum to'purari bo'la oladi. 

- Bugun jamoaning ikki nafar futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etdi. Ularning holati qanday?

- Jamoamiz shifokori bilan gaplashib ko'ramiz. Bilishimcha, Doniyor Ismoilovning boshidan olgan jarohati biroz jiddiyroq shekilli. Abdug'ani Kamolov va Sardor Telyakov ham shunday holatga tushdi. Etibor bergan bo'lsangiz, bugun majburiy o'zgarishlarni amalga oshirdik. Har bir murabbiyning o'yinga bo'lgan rejasi bo'ladi. Majburiy o'zgarishlar esa rejani o'zgarib ketishiga sabab bo'ldi. Lekin maydonga tushganlar ham jamoamiz o'yiniga ijobiy tasir qildi va kuchaytira oldi. 

- Bugungi kunda Azam Alievning holati qanday?

- U endi mashg'ulotlarga qo'shildi. Ikki kun davomida umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etdi. Umid qilamanki, Aliev kelgusi bahslarda jamoaga yordam beradi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика