Anna Sidorova OFK imtihonlarida ishtirok etadi
08 iyu 2014 11:45
Yangiliklar


Anna Sidorova OFK imtihonlarida ishtirok etadi
O'zbekistonlik hakam Anna Sidorova yilning 26-30 sentyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida hakamlar uchun tashkil etiladigan OFK imtihonlarida ishtirok etadi.
Ayollar o'rtasidagi OFK musobaqalarida faoliyat ko'rsatadigan o'zbekistonlik referi Anna Sidorova mazkur kurslarda bir qator test sinovlari va fitness mashg'ulotlarda imtihondan o'tadi. Takidlash joiz, Anna Sidorova ayollar o'rtasidagi OFK musobaqalarida hakamlik qiladigan o'zbekistonlik yagona referi hisoblanadi. O'zbekistonlik referi o'tgan yilning oktyabr oyida Xitoyda tashkil etilgan SHarqiy Osiyo o'yinlarida va boshqa bir qator OFK musobaqalarida hakamlik qilgan edi.
Malumot o'rnida, Anna Sidorova futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi O'zbekiston CHempionati bahslarida hakamlik qiladi.
Malumot o'rnida, Anna Sidorova futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi O'zbekiston CHempionati bahslarida hakamlik qiladi.

Fikrlar