So’nggi yangiliklar

19:10Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияни аяб ўтирмади ва тарихда илк бор мундиалнинг бронза медалларига эга чиқди!  5 19:06"Страсбур" — "Ланс". Ҳусанов доимгидек асосий таркибда  0 19:00Эрон чемпионати. "Фулад" ва Юсупов "Тракторсози" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 18:53"Реал" Карвахаль билан шартнома 2026 йилга қадар узайтирилганини эълон қилди. Ҳимоячи 8-10 ойга сафдан чиққан  0 18:37Камолиддин Тожиев: "Драган Черан бу мавсумда ҳам тўпурар бўлмоқчи. Максим Шацких билан маслаҳатлашиб турибман"  5 18:27"Алавес" — "Барселона". Педри, Ямал, Рафинья ва Левандовски асосий таркибда  1 18:09Вадим Абрамов: "Ўйин ғалати ҳодисаларга бой бўлди. Бизнинг дарвозамига ҳар доим пенальти тепишади, биз эса ҳеч қачон"  11 18:00АПЛ. "Челси" ва "Манчестер Юнайтед" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  4 17:31А Серия. "Ювентус" 88-дақиқада урилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди, Консейсау симуляция учун майдондан четлатилди  3 16:42"Реал" Карвахалнинг жароҳати сабаб қишдаёқ Александер-Арнольдни харид қилиши мумкин  2 16:17Дилшод Ирсалиев қайси жамоа жаҳон чемпионлигини қўлга киритишини айтди  1 16:00Суперлига. Черан туғилган кунида "Динамо" дарвозасига учта гол киритиб, "Пахтакор"га муҳим ғалабани тақдим этди  89 15:39Баҳодир Аҳмедов: "Ўзбекистонга юлдузлар ташрифи кўпайса, футзал янада ривожланади"  3 15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  4

"Aniq maqsadi yo'q jamoa, kapitani yo'q kemaga o'xshaydi". SHenol Gyuneshning hayotiy qoidalari Yangiliklar

"Aniq maqsadi yo'q jamoa, kapitani yo'q kemaga o'xshaydi". SHenol Gyuneshning hayotiy qoidalari

“Beshiktosh” ECHL nimchorak finali ilk bahsida “Bavariya” ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

SHu sababli turklar CHempionlar Ligasining chorak finaliga chiqa olishlari endi dargumon. SHunga qaramay, klub bosh murabbiyi SHenol Gyunesh alohida etiborga loyiq.  

U “Trabzonspor” jamoasida 400dan ortiq o'yin o'tkazgan. SHenol 2002 yilgi Jahon CHempionatida Turkiya termasi ustozi bo'lib jamoasiga uchinchi o'rinni olib bergandi. Bundan tashqari, u Janubiy Koreyada ham faoliyat yuritgan. U ilk bor Turkiya klubini UEFA CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. Bugun sizlar bilan ham futbolda, ham hayotda ulkan tajribaga ega inson haqida gaplashamiz.

Men 15 yoshimgacha Trabzon shahrida yashaganman. O'sha payt do'stlarimning turli xil o'yinchoqlari bo'lardi. Mening sevimli mashg'ulotim esa to'p tepish edi. Imkon yo'qligida hattoki, plastmassadan koptok yasab, do'stlarim bilan to'p tepgan paytlarimiz ham bo'lgan. Buning bizga ahamiyati yo'q edi. Asosiysi birgalikda futbol o'ynashimiz edi.

Gohida bolalikda futboldan zavqlanganingiz, xursandchilik, hamkorlik, mag'lubiyat alami kabi hissiyotlar professional ligaga qadam qo'yganingizda sizni tark etadigandek tuyuladi.    

“Trabzonspor” jamoasiga o'tganimda shifokorlar futbolni tashlashim kerakligini takidlashgan. CHunki belim bilan bog'liq muammolar bunga to'sqinlik qilayotgandi.

Men ko'p bor jarohat olganman. Futbol — ajoyib o'yin. Balki, shuning uchun ham, og'riqlarga qaramay bu sport turidan ketishni xohlamagandirman.  

Biz yaxshi natijalarga erishdik, menimcha, darvozabon sifatida yomon o'yin ko'rsatmadim. Avvaliga, bu menga yoqmagandi. Lekin kasbimni sevganim sababli 20 yil shu sohada faoliyat yuritdim.

Vaziyat ko'p bor o'zgardi. Qumli maydondan tortib, materiallar etishmovchiligi, vaqt kamligi, darvozabon qo'lqopi yo'qligi uchun o'yinda ishtirok etolmaganmiz va homiyga muhtojlik sezganmiz. Lekin bundan tushkunlikka tushib qolmay, qiyin vaziyatlardan qanday chiqib ketish yo'lini izlaganmiz.

Men hali futbolchi bo'lgan paytimda bosh murabbiy sifatida ham ishlaganman. Jamoa sardori bo'lganim uchun bazida mashg'ulot o'tkazishga, bazida esa murabbiylik shtatidagilarga yordam berishga to'g'ri kelardi. O'sha paytdan boshlab jamoani qanday boshqarish kerakligini o'rganib borgandim.

Men 4 yil o'rta maktab o'qituvchisi sifatida ishlaganman. Bu kasblar bir-biriga juda o'xshaydi. Har ikkisida ham siz odamlarni bir guruhga birlashtirgan holda boshqarishingiz kerak. O'qituvchi to'g'ri yo'lni ko'rsatib, aniq maqsad sari sizni etaklaydi. Murabbiyning niyati ham xuddi shunday.

Aniq maqsadi yo'q jamoa kapitani yo'q kemaga o'xshaydi.

Mening vatandoshlarimga sabr etishmaydi. Ular kutishni yomon ko'radi. Agar biroz ushlanib qolsangiz, janjalning tagida qoldim deyavering. Janubiy Koreyada esa bunday holatni umuman uchratmaysiz. Ular sabrli, qancha desangiz shuncha kuta oladi.

Agar chempion bo'lishni istasangiz, xuddi chempiondek yashashingiz kerak. Xatti-harakat, nutq, o'yin uslubi kabi hislatlaringiz bir-biriga doimo mos kelishi shart.

Siz ko'radigan kino qiziqarli bo'lishi kerak. Agar u sizga yoqmasa, u holda vaqtingizni bekorga sarflagan bo'lasiz. Futbol muxlisi ham o'yindan zavqlanish uchun stadionga boradi. Agar o'yinchi maydonda hujum qilmay, to'pni u yoqdan bu yoqqa sudrab olib yuraversa, tomoshabin zerikadi va ketkazgan vaqtiga achinadi. Bu murabbiy va jamoaning kamchiligi, mag'lubiyati hisoblanadi.  

Obro', lavozim va pul —hech kimga umrining so'ngigacha berilmaydi. O'zlikni saqlab qolish insonning eng asosiy vazifasi deb o'ylayman.

Har kimning futbol haqidagi fikri turlicha. Menimcha, yosh bola ham, mutahassis ham tanqid qila oladi. SHuning uchun, men tanqidni to'g'ri qabul qilaman.    

Futbol sohasidan ketganimdan so'ng yozuvchi bo'lsam kerak. CHunki kitob yozish niyatim bor.


UEFA rasmiy saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика