Angliya termasi himoyachisi mashg'ulotda fotomuxbirning obektivini sindirib qo'ydi + FOTO
05 okt 2017 20:59
Yangiliklar
Angliya termasi himoyachisi mashg'ulotda fotomuxbirning obektivini sindirib qo'ydi + FOTO
Garet Sautgeyt shogirdlari kecha o'yindan oldingi mashg'ulotni o'tkazishdi. Mashg'ulot payti terma jamoaning markaziy himoyachisi Maykl Kin fotomuxbirlardan birining qimmatbaho "Nikon" obektivini sindirib qo'ydi.
Angliya futbol Associaciyasi sindirilgan obektiv uchun darhol 10 ming funt sterling to'lab berilishini malum qildi.
Futbolchilar chetda turib mashg'ulotni kuzatayotganlarga murojaat qilishdi va ularni ogohlantirishga urinishdi. Lekin, to'p "AFP" fotografi Oli Grinvudning fotoapparatiga borib tegdi.
"Everton" himoyachisi o'sha zahoti ish qurolini sindirib qo'ygani uchun fotomuxbirdan uzr so'radi va uning o'zidan hol-ahvol so'radi. Mashg'ulotdan keyin futbolchi fotomuxbirni media markazda ham qidirgan. Bundan maqsad - yana bir uzr so'rash bo'lgan.
Fikrlar