Angliya terma jamoasi futbolchisi tez orada "Atletiko"ga o'tadi
31 iyu 2024 14:32
Yangiliklar
Angliya terma jamoasi futbolchisi tez orada "Atletiko"ga o'tadi
"CHelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Konor Gallaxer tez orada "Atletiko" safiga borib qo'shilishi kerak.
Bu haqda jurnalist Matteo Moretto yozdi. "Matraschilar" 24 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun 30 million evro va bonuslar berishga tayyor. "Ko'klar" esa APLning moliyaviy feyr-pley qoidalaridan chiqib ketmaslik uchun o'z tarbiyalanuvchilarini sotishga harakat qilishmoqda.
Gallaxerning o'zi ham klubini almashtirishga qarshi emas, chunki u "CHelsi"ning yangi ustozi Enco Mareska quradigan futbol uslubi unga tushmaydi deb hisoblamoqda. Gallaxer o'tgan mavsum APLda 37ta o'yinda maydonga tushib 5ta gol urdi va 7ta assist berdi.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar