So’nggi yangiliklar

10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  0 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   0 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  5 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  3 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27

Angliya Liga Kubogi. "Manchester Yunayted" so'nggi daqiqalarda "Everton"ga ikkita gol urib, yarim finalga chiqdi Yangiliklar

Angliya Liga Kubogi. "Manchester Yunayted" so'nggi daqiqalarda "Everton"ga ikkita gol urib, yarim finalga chiqdi

Angliya Liga Kubogining chorak finali doirasidagi "Everton" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Everton – Manchester Yunayted 0:2

"Gudison Park"

Gollar: Kavani (88, 0:1), Marslyal (90+6, 0:2).

Everton – Olsen, Koulmen, Godfri, Mina, Kin, Ivobi, Sigurdsson, Dukure, Andre Gomesh (Devis, 58), Kelvert-Lyuin, Risharlison (Bernard, 56).

Manchester Yunayted – Xenderson, Telles, Bayi, Maguayr, Tuanzebe, Pogba, Matich, Brunu Fernandesh, van de Bek (Marsyal, 67), Kavani, Grinvud (Reshford, 67).

Ogohlantirish: Pogba (57), Tuanzebe (90), SHou (90+5).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" ham yarim finalga chiqmoqda! 

90+6. GOOOOOOOOLLLL!! Marsyal o'yinga nuqta qo'ymoqda!

90+5. ZARBAAAAAAA!!! Daxshat!!! Fernandesh darvozaning to'qqizligini poyladi. Keyinchalik Reshford 100 foizlik vaziyatni ko'kka sovurdi. Daxshat!

90+4. "Everton" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Undan uzatilgan to'pni Din Xenderson ushlab oldi.

90+2. UXXXXX!! Reshfordning zarbasini raqiblari qaytardi. Burchak zarbasi.

O'yinga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. So'nggi daqiqalarda "Everton" ajoyib nuqtadan standart vaziyatga ega bo'lmoqda!

88. GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! KAVANIIIIIII!! SUPER GOLLLLLL!!!! Barchasini mahorat hal qilmoqda.86. MARSYAL!!! Juda kulgili vaziyat, juda ham. CHap oyog'ida zarba berishga chog'lanayotganda to'p uning o'ng oyog'iga tegib maydondan tashqariga chiqib ketdi. CHap oyog'ida esa u Kinga zarba berdi.

83. MYU tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Kavani erlatib darvoza yonidagi Reshfordga to'pni oshirgandi. Lekin Kin joyiga qaytishga ulgurdi.

81. MYUda standart vaziyat yuzaga keldi. 20 metrlardan Tellesning bergan zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi.

80. Jamoalar gol urish uchun emas, raqibining xatosini kutish uchun intilishmoqda.

77. UXXXXX!! Marsyal qanotdan jarima maydonchasiga erlatib to'pni oshirgandi. To'p Markusgacha etib bormadi.

74. MYU tashabbusni qo'liga olgan. "Everton" esa chuqur himoyada.

70. UXXXX!!! Bernardning pasidan keyin Kalvert-Lyuin to'pni to'xtata olganida u Xenderson bilan birga bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi.

62. ZARBAAAAAA!! Brunu 28 metrlardan zarba berdi. Noaniq. Aslida unda variantlar ko'p bo'lgandi. Yonida hech kim yo'q edi.

60. O'yin markazga ko'chdi. Jamoalar hujum o'rniga extiyotkorlikni maqul ko'rishmoqda.

57. UXXXX!! Pogba hujumdagi Grinvud tomon to'pni uzatgandi. Himoyachilar vaziyatni qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

55. Risharlison almashtiriladi. Uning o'rniga Bernard maydonga tushishga tayyorlanmoqda.

53. Bayi hamda Risharlison to'qnashib ketdi. Risharlison noqulay yiqilgan ko'rinadi. U o'rnidan turmadi.

48. UXXXXX!! Sigurdsson bir necha raqibini aldab, MYU jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Uni Tuanzebe to'xtata oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Demak, jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.

Birinchi taymga yakun yasaldi.

45+1. Fernandesh uzoq masofadan jarima zarbasidan Olsen darvozasini nishonga olib ko'rdi. Darvozabogn o'z joyida ishonchli o'ynadi.

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. Sigurdssonning zarbasini Xenderson ushlab oldi.

37. XENDERSONNNNN!!! Sigurdsson jarimadan ajoyib zarba yo'lladi. Din esa bunga javoban shunday chiroyli seyv namoyish qildi.

35. Burchakdan uzatilgan to'pga Kalvert-Lyuin boshi bilan zarba yo'lladi. Xenderson to'pni ushlab oldi. "Everton"ning bosimi davom etmoqda.

34. "Everton" uzoq vaqt davomida hujum uyushtirdi. Matich to'pni burchakka chiqarib yubordi.

27. UXXXXXX!!! Brununing oshirgan to'pi Minaga tegdi. Kavani esa to'pni o'tkazib yubordi.

25. ZARBAAAAAAA!! Tellesning qanotdan oshirgan super pasiga Grinvud boshi bilan zarba berdi. Biroz noaniq.

21. XAVFLI VAZIYAT!!!! Sigurdsson 3 raqibini aldab o'tib, qulay nuqtadan zarba berdi. Xenderson vaziyatda ojiz qolishi aniq edi. Maguayr xavfni bartaraf etdi.

19. Mankunianliklar navbatdagi hujumini uyushtirishga intilgandi. Tuanzebe qoidani buzdi.

16. ZARBAAAAAAAA!!! Kavani uch marta zarba berdi. Birinchisi va uchinchisini posbon qaytardi. Ikkinchisi esa raqibga tegdi.

14. XAVFLI VAZIYATTT!!! Brununing zarbasi raqibiga tegdi. Van de Bek zarba bera olmadi. To'p Kavani tomon borayotgandi. Olsen to'pga jon holatda tashlanib, bir amallab ushlab oldi.

11. UXXXXXXX!! Olsen xato qilishga sal qoldi. Kavani posbondan to'pni olib qo'yishi mumkin edi.

9. Kavani raqib posbonining oldinga chiqib ketganini ko'rib, markazdan gol urmoqchi bo'ldi. Lekin zarba o'xshamadi.

5. UXXXXXXX!!! Tellesning burchakdan uzatgan to'pi Maguayrga mo'ljallangandi. Mina boshi bilan to'pni burchakka chiqarib yubordi.

3. "Manchester Yunayted"da imkoniyat bo'lgandi. Brunuga pas bergan Kavani offsayd holatida qolib ketgandi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqishdi.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Angliya Liga Kubogining yarim finaliga chiqish uchun "Everton" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari kurash olib boradigan bahsni birgalikda tomosha qilishga taklif etamiz. O'yinni sizlar bilan birga Mirjalol Normatov kuzatib boradi. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика