So’nggi yangiliklar

22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  3 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  4 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  0 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  28 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23 15:55Жанлуижжи Доннарумма: "Танқидлар билан ишим йўқ"  0 15:10Руни: "Эрик тен Хаг – ажойиб мураббий, аммо ҳозир қийин даврни бошдан кечирмоқда"  1

Angliya Kubogi. "Liverpul" jangovar kechgan o'yinda "Manchester Siti"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi Yangiliklar

Angliya Kubogi. "Liverpul" jangovar kechgan o'yinda "Manchester Siti"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi

Angliya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Siti" - "Liverpul" 2:3

Gollar: Ibraima Konate (Endryu Robertson) 9', Sadio Mane 16', Sadio Mane (Tiago Alkantara) 45', Djek Grilish (Gabriel Jezus) 47', Bernardu Silva 90+1

"Manchester Siti": 13. Zak Steffen, 27. Juan Kanselu, 5. Djon Stounz, 6. Natan Ake, 11. Aleksandr Zinchenko, 20. Bernardu Silva, 25. Fernandino, 47. Fil Foden, 9. Gabriel Jezus (26. Riyad Marez 83'), 7. Raxim Sterling, 10. Djek Grilish.

Zaxira: 31. Ederson Moraes, 3. Ruben Diash, 8. Ilkay Gyundogan, 14. Emerik Lyaport, 16. Rodrigo Ernandes, 17. Kevin De Bryuyne, 48. Liam Delap, 90. Romeo Laviya.

"Liverpul": 1. Alisson, 66. Trent Aleksander-Arnold, 5. Ibraima Konate, 4. Virdjil van Deyk, 26. Endryu Robertson, 8. Nabi Keyta (14. Djordan Xenderson 73'), 3. Fabino, 6. Tiago Alkantara (17. Kertis Djons 87'), 11. Moxamed Salax, 10. Sadio Mane (20. Diogu Jota 85'), 23. Luis Dias (9. Roberto Firmino 85').

Zaxira: 62. Kuivin Kellexer, 7. Djeyms Milner, 12. Djo Gomes, 21. Konstantinos Cimikas, 32. Joel Matip.

Ogohlantirishlar: Gabriel Jezus 28', Fabino 37', Nabi Keyta 48', Fernandino 57', Sadio Mane 61'

Manchester City

Jack Grealish - 47', Bernardo Silva - 90'

FA Cup . Semi Finals-tur

16/04/2022, 19:30

3
:
2
Tugadi

Liverpool

Ibrahima Konate - 9', Sadio Mane - 17', Sadio Mane - 45'

Stadion: Wembley

Bosh hakam: Michael Oliver

45'
90'
27'  Gabriel Jesus
47'  Jack Grealish
47'  Gabriel Jesus
57'  Fernandinho
83'  Gabriel Jesus (Riyad Mahrez)
90'  Bernardo Silva
9'  Ibrahima Konate
9'  Andrew Robertson
17'  Sadio Mane
37'  Fabinho
45'  Sadio Mane
45'  Thiago Alcantara
48'  Naby Keita
61'  Sadio Mane
73'  Naby Keita (Jordan Henderson)
85'  Sadio Mane (Diogo Jota)
85'  Luis Diaz (Roberto Firmino)
87'  Thiago Alcantara (Curtis Jones)


90+5. O'yin yakunlandi! "Liverpul" finalda!!!

90+5. Firmino darvozabon bilan birga-bir chiqib borib hisobni o'zgartira olmadi!!!

90+4. Salahning darvozaga yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

90+3. Sterlingning erlatib bergan zarbasini Alisson ushlab oldi.

90+2. Fernandinoning kuchli zarbasi "Liverpul" futbolchilariga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. O'yin so'nggida maydon "yonmoqda".

90+1. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.  

Marez jarima maydonchasiga kirib kelib zarba yo'lladi, to'p darvoza tomonga bormay Bernardu Silvaga kelib tushdi, portugaliyalik forvard esa bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Hisob qisqardi!

89. Salah jarima maydonchasiga "yorib" kirdi, ammo yakuniy zarbani bera olmadi.

84. Sterlingning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi anchagina noaniq ketdi.

80. To'p nazorati asosan livepulliklarda. 

72. Robertson Diasni oldinga boshladi, Luis to'pni Akening ustidan olib o'tib Salahga uzatdi. Bu vaziyatda Zinchenko bosh bilan to'pni darvozabonga qaytarmoqchi bo'ldi, biroq pas sekin ketdi, to'pga birinchi etib kelgan Salah esa darvozabonning ustidan to'pni oshirdi, ammo birozgina noaniq ketdi!

70. Gabriel Jezus darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, Alisson esa to'pni qaytarib yubordi.

66. To'p Salahga uzatildi, misrlik futbolchi esa to'pni o'ziga to'g'rilay olmay, o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

65. Darvoqe, surat bizdan, izoh sizdan :)

62. O'tgan hafta mazkur ikki klub APL doirasida maydonga chiqishgan va o'shanda o'yin jangovar durang bilan yakunlangan edi. Malumot uchun, chempionatda ikki jamoani 1 ochko ajratib turibdi. "SHaharliklar" jadvalda peshqadam, liverpulliklar esa 2-pog'onada.

60. Kevin De Bryuyne mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Ko'p ehtimol belgiyalik bugun maydonda ko'rinish bersa kerak.

56. Fernandino Manega nisbatan qo'pol o'ynadi, Keyta esa braziliyalik futbolchi bilan tortishib ketdi. Maydonda kichik tartibsizlik yuzaga keldi.

54. Jezus qulay vaziyatga chiqib bordi, biroq imkoniyatdan unumli foydalana bilmadi.

52. Manchesterliklar ikkinchi bo'limni ancha faollik bilan boshlashdi. Kambek ko'ramizmi?

Jezus to'pni markazroqda turgan Grilishga uzatdi, uni havolatib bergan zarbasi esa golga aylandi!

47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Man Siti" hisobni qisqartirdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob 0:3!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

Robertson chapdan hujumni boshladi, Dias darvoza tomon zarba bera olmadi, to'p Alkantaradan Manega etkazib berildi, Sadio esa butsasining tashqi tomoni bilan darvozaga zarba berib, hisobni 0:3 ko'rinishiga keltirib qo'ydi!

45. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Manedan dubl, super gol!

43. Trent Aleksander-Arnoldning jarima zarbasidan uzatgan to'pini manchesterlik himoyachilar qaytarib yubordi.

38. Keyta Sadio Maneni oldinga boshladi, biroq afrikalik futbolchi to'pni o'ziga to'g'rilay olmadi. 

33. Pep Gvardiola shogirdlarini qo'llab-quvvatlamoqda. 

33. Mane to'pga ega chiqib oldinga borishga intildi, biroq o'ziga ro'para kelgan raqibi bilan to'qnashib ketdi. O'yinda biroz to'xtalish yuzaga keldi.

25. To'p nazorati baribir "Liverpul"da qolmoqda. "Man Siti"ning tarkibidagi futbolchilar asosan zaxira futbolchilari. Balki Pep ikkinchi bo'limda asosiy tarkib futbolchilarini ham o'yinga qo'shar. 

17. Xo'sh endi manchesterliklar nima qilishar ekan, kuzatamiz...

Steffenning qo'pol xatosi! Darvozabon o'z "zonasi"da Sadioni aldab o'tmoqchi bo'ldi, biroq to'pga sirpanib zarba bergan Mane gol urdi!

16. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mane hisobni ikkitaga oshirdi!

13. "Siti" ham biroz jonlandi. Jamoa azolari hujum uyushtirishga intilishmoqda. 

Qanotdan Robertson uzatib bergan to'pni Konate darvozaga yo'llab, uchrashuvda hisobni ochdi!

9. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! "Liverpul" hisobni ochdi!

4. Bahsning dastlabki daqiqalari ancha tezkor ravishda boshlandi. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика