So’nggi yangiliklar

14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  0 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  7 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  26 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2

Angliya. Dam olish kunlaridagi o'yinlar prevyusi Yangiliklar

Angliya. Dam olish kunlaridagi o'yinlar prevyusi

Mavsumning eng hal qiluvchi to'qnashuvlaridan birida “Liverpul” “Manchester Siti”ni qabul qiladi.
“CHelsi” esa raqiblardan ortda qolib ketmaslik uchun Uelsda, oson kechishi kutilmayotgan bahsda g'alaba bilan qaytishga urinadi. “Sanderlend” esa turnir jadvalidagi mushkul ahvolini yaxshilashga urinadi.

Premer-Liga 34-turdoirasidagi o'yinlardan tashqari ushbu dam olish kunlarida Angliya Kubogi yarim finallari ham bo'lib o'tadi. Xullas, futbol vatanida dam olish kunlari bo'lib o'tadigan o'yinlardagi asosiy intrigalar haqida gaplashamiz.

Bo'sag'adagi “Sanderlend”
Gus Poyet “Mening “Sanderlend”im quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qolishi uchun mo'jiza kerak bo'ladi”, deganida mutlaqo haq edi. Zahirasida ikkita o'tkazilmagan o'yin bo'lishiga qaramay, “mushuklar”ning chempionat elitasida qolishi uchun imkoniyatlar eng past ko'rsatgichga tushib ketib bo'ldi. Bu gaplarni ularning o'yinlar taqvimi ham tasdiqlashi mumkin. Bu turda o'z uyida “Everton”ni qabul qilgach, Poyet shogirdlari avval “CHelsi” maydoniga, keyin esa Manchesterning har ikki jamoasi maydoniga og'ir safarlarni amalga oshiradi. Ha, “Sanderlend” CHempionship bo'sag'asida... Muxlislari esa mo'jiza kutishdan boshqa iloj topa olishmaydi.



Pardyuni ishdan olish vaqti etgandir balki?
So'nggi madkmotlarga qaraganda, “Nyukasl” muxlislarining 86 foizi Alan Pardyuni istefoga chiqarilishi tarafdori bo'lib turishibdi. Ularni tushunish mumkin. So'nggi uch o'yinda “zag'izg'onlar” birorta ham gol ura olgani yo'q. O'z darvozasidan esa 11ta (!) to'p olib chiqishdi shu o'yinlarda. Har bir o'yinda jamoa o'yini tobora yomonroq bo'lib borayotgani yaqqol ko'rinib turibdi. Alabatta, shu turdagi “Stouk” maydoniga uyushtirilajak safardan keyin diskvalifikaciyadan qutiladigan Pardyu barcha muammolarni jarohatlar va motivaciyaning yo'qligiga bog'lab qo'ya qolishi mumkin. Qaysidir manoda haq ham bo'ladi shunday qilsa. Biroq muxlislar har qanday vaziyatda ham jamoadan natija talab qilaveradi. Hatto Alan jamoa tizginini qo'ldan chiqarib yuborgandek tuyulayotgan bir pallada ham.

Eshli Koulga bu safar imkon berilarmikan?
Branislav Ivanovich CHempionlar Ligasi yarim finali birinchi o'yinida “Atletiko”ga qarshi o'ynay olmaydi. Diskvalifikaciya sabab. Bu esa Eshli Koul uchun o'zi haqida eslatish, o'zini ko'rsatish uchun yaxshi imkoniyat. Ha, ingliz himoyachisi 11 yanavardan buyon asosiy tarkibdan o'rin olgani yo'q. O'zaro raqobatda Sesar Asplikueta ishonchliroq ko'rinyapti.
Boshva tomondan, “CHelsi” sovrinlar uchun kurashishda davom etyapti va portugaliyalik mutaxassis 10 o'yindan buyon maydonga tushirilatyotgan 4 himoyachini yana o'zgarishsiz maydonta tushirishni istamasa kerak. Ko'ramiz, Mourino “Suonsi”ga qarshi safar uchrashuvida Eshli Koulga, u anchadan buyon ega bo'la olmayotgani, o'yin amaliyoti taqdim etarmikan?...



 “O'lmoq yo qolmoq. SHudir “Norvich” masalasi”

Bosh murabbiy Kris Xyutonning kutilmaganda “Norvich”dan bo'shatib yuborilishini maniliroq biror bahona bilan tushintirib bo'lmasa kerak. Balki mavsumning muhim pallasi oldidan jamoa sergak tortishi uchun shunday qilingandir... Odatda, chempionat finishida taktika yoki strategiya eng asosiy rolni o'ynamaydi. Asosiy planga bunday payt odatda xarakter, o'zi kuchiga bo'lgan ishonch, jangchilik hislatlari kabi tushunchalar chiqadi. Aynan mana shu hislatlarga etibor qaratish maqsadida jamoaga Nil Adams murabbiy etib tayinlandi. Avvalroq klub akademiyasini boshqargan mutaxassisning oldida turgan vazifa juda og'ir. Agar “Fulxem”ga qarshi o'yinda murabbiyning almashishi rostdan ham ish bersa va “Norvich” suv va havodek zarur bo'lgan ochkolarni qo'lga kiritsa, rahbariyatning bu qarori ajoyb yurishdek qabul qilinadi.

 “Arsenal” mavsumni qutqarib qolishga urinadi
“Biz bu o'yinda autsaydermiz. Biroq “Uembli”ga g'alaba qozonish uchun tashrif buyuramiz. Yutqazish haqida o'ylamayapmiz ham. “Arsenal” o'z oldiga Kubokni yutishni eng asosiy vazifa qilib qo'ygan va umid qilamanki, bu “kanonirlar”ga qo'shimcha bosim yuklaydi”, dedi “Uigan” murabbiyi Ugo Rosler o'yin oldidan o'z fikralrini bildirar ekan. Uning gapida jon bor albatta.
Premer-ligadagi holatini hisobga olib, londonliklar bu turnirni boy berishga haqqi yo'q. Aks holda sovrinsiz, “quruq” o'yinchi mavsumni o'z hisoblariga yozib qo'yishlari lozim bo'ladi. “Arsenal”ning so'nggi o'yinlardagi muvaffaqiyatsizliklari “Uigan”ni mensimay tushmasliklariga sabab bo'lishi aniq va bu ularning foydasiga ishlaydi. Umuman olganda, qanday qilib “Uigan”ni mensimaslik mumkin? Ular avvalgi bosqichda “Manchester Siti”ni musobaqadan chiqarib yuborishgan ahir!

Minole – Xart dueli
Ha, bu ikki darvozabon maydonda bir-biriga o'zaro zarbalar yo'llamaydi va duel bevosita bir-biriga qarshi kechmaydi. Bunday holat faqat o'yin so'nggida darbozabonlardan biri raqib jarima maydoniga yugirib borib, jamoadoshlariga yordam berishga uringanida kuzatilishi mumkin. Biroq, shunday bo'lsada, aynan darvozabonlarning o'yini turning, nafaqat turning, balki mavsumning eng muhim o'yinlaridan birida g'olibni aniqlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi tayin.  “Siti” va “Liverpul” darvoza tomon yo'llangan zarbalar bo'yicha ham, darvozalar tomon aniq zarbalar bo'yicha ham chempionatda pushqadam hisoblanishadi. SHundoq ekan Simon Minole va Jo Xartning o'yinlariga ko'p narsa bog'liq bo'ladi. 



APL, 34-tur

"Sautgempton" - "Kardif Siti"
"Stok Siti" - "Nyukasl Yunayted"
"Sanderlend" - "Everton"
"Kristal Pelas" - "Aston Villa"
"Vest Bromvich Albion" - "Tottenxem"
“Fulxem” - "Norvich Siti"
“Liverpul” - “Manchester Siti”
"Suonsi Siti" - "CHelsi"
“Arsenal - "Vest Hem Yunayted"

Abror Qodirov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика