Andrey Shumara - Toshev, Gess, “Andijon” va “Buxoro”dagi xotiralar, Jahon chempionati haqida
22 fev 14:41
Yangiliklar
Andrey Shumara - Toshev, Gess, “Andijon” va “Buxoro”dagi xotiralar, Jahon chempionati haqida
U jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Ilhom Mo'minjonovga ko'maklashmoqda. Shumara futbolchilik faoliyati davomida 2006–2007 yilgi mavsumda "Andijon" hamda "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan. Kecha "Aral"ga qarshi kechgan nazorat uchrashuvidan so'ng unga bir nechta savollar bilan yuzlandik.
— "Metallurg"dagi ilk taassurotlar qanday?
— Nima deyish mumkin? Odatiy ish tartibida faoliyat olib boryapmiz, tayyorgarlik ko'ryapmiz.
— Jamoaga kelishingiz qay tariqa yuz berdi?
— Klubdan taklif bo'ldi. Murabbiylar shtabini kuchaytirmoqchi ekanliklarini aytishdi. Ilhom Mo'minjonovga qo'limdan kelganicha yordam beryapman.
— Bunga qadar Qozog'istonda ishladingiz…
— Ha, "Irtish"da faoliyat olib bordim. Jamoa quyi ligadan yuqoriga ko'tarildi. Hozirda bu klub mamlakat Premer-ligasida o'ynaydi.
— Futbolchilarning mavsumga necha foizga tayyor?
— Jismoniy tomonlama 50 foizga tayyor holatda, deb ayta olaman. Chempionat boshlanishigacha hali vaqt bor. Ha, Pro liga startiga to'liq shay bo'lamiz, deyish qiyin. Lekin hozirlikni 90–95 foizga olib chiqishimiz mumkin. Futbolchilar rasmiy o'yinlar boshlangach, turdan-turga formaga kirib borishadi.
— O'zbek futboli qaysi tomonlama kuchaygan, deya olasiz?
— Infratuzilma borasida oldinga yaxshi qadamlar tashlangani, o'sishga erishilgani ko'rinib turibdi. Akademiyalar, futbol maktablari barpo etilmoqda. O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida o'ynaydi. Mana shu faktorlarning o'zi ko'p narsani aytib turibdi.

— Kuchli raqiblar fonida guruh bosqichidagi imkoniyatlarimizni baholay olasizmi?
— Eng muhimi, jamoadagi barcha futbolchilar optimal sport formasida bo'lishi kerak. Jarohatlar va boshqa sabablar to'sqinlik qilmasligi katta ahamiyatga ega. O'zbekiston terma jamoasida ham yulduzlar bor. Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanovni aytish mumkin. Hozirgi futbolda istalgan jamoa bilan o'ynash mumkin.
— O'zbekistonda o'tgan 2006–2007 yillardan nimalar yodingizda qolgan?
— Xotiramda hammadan ham ko'proq futbolsevar muxlislar qolgan. Namanganga borasizmi, Andijonga — stadionlar to'lar edi. Bugungi kunga kelib, sizlarda muxlislik madaniyati yanada oldinga intildi.
— "Andijon" yoki "Buxoro"dagi jamoadoshlaringizdan kimlar bilan aloqalar saqlanib qolgan?
— Mana, hozir o'sha paytdagi "Buxoro" bosh murabbiyi Usmon Toshev bilan uchrashdim, bir-birimizga iliq tilaklar bildirdik. O'tgan haftada Sherzod Raimjonovni ko'rib xursand bo'ldim. U paytda uzun sochlarim bor edi. Hozir esa boshqacha (kuladi).

— "Andijon"da Edgar Gess bilan birga ishlagansiz…
— Ha, lekin Edgar Yakovlevichni anchadan beri ko'rganim yo'q.
— 2026 yildan nimalar kutyapsiz?
— Faqat Superligaga chiqishni kutyapman. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar