So’nggi yangiliklar

22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  2 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  78 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  48 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  97 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11

Andrey Miklyaev: "Yosh futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuzishga biroz vaqt kerak" Yangiliklar

Andrey Miklyaev: "Yosh futbolchilardan iborat yaxshi jamoa tuzishga biroz vaqt kerak"

"Mashal"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin juda tez o'tib ketdi. Umuman olganda bahs jangovar o'tdi. Ikki tomon ham ochkolar uchun kurashdi. Ayni damda ochkolar juda kerak. Birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi, ikkinchi taymda esa raqibdan biroz ustunroq bo'ldik. "Mashal" himoyadan chiqib, qarshi hujumlarga o'tishda yaxshi o'ynadi. Ular asosan to'pni oldinga tepib yuborishaverdi. Biz esa vaziyatlar yaratishga harakat qildik, biroq gol ura olmadik. O'yin teng o'tdi desak bo'ladi, lekin kichik ustunlik bizning tomonimizda edi.

- "Lokomotiv"ning ayni damda qayd etayotgan natijalarini uyatli deb hisoblaysizmi?
- Oldin ham aytganimdek, tarkibning katta qismi jamoadan ketdi. Endi esa yoshlarga etibor qaratyapmiz. Albatta, natijalar klubning darajasiga mos emas. Barchasi tez amalga oshmaydi, sekin-sekin, vaqt o'tgan sari yaxshilanib boradi. Yoshlarimiz ko'p, ularni birlashtirib, yangi jamoa tuzish uchun vaqt talab etiladi.

- "Lokomotiv" tarkibida "Mashal"ning 6 nafar futbolchisi harakat qildi. Ularning o'yinidan qoniqdingizmi?
- "Mashal"ning akademiyasi yaxshi ishlaydi. Ulardan doimo o'rnak olib ishlash kerak. O'zbek futboliga ko'plab iqtidorlarni etkazib bergan "Mashal" akademiyasiga minnatdorlik bildiraman. Agarda chempionatdagi jamoalarga etibor qaratsak, deyarli barcha jamoalar tarkibida "Mashal" tarbiyalanuvchilari harakat qiladi. Akademiyaning keyingi faoliyatiga omad tilayman.

- Agarda "Mashal"dan taklif tushsa, rozilik berasizmi?
- (kuladi) Hozirda etiborim "Lokomotiv"ga qaratilgan, boshqa narsaga chalg'imoqchi emasman.






Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика