So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

Andrey Kanchelskis: “Jizzaxdagi durang - haqqoniy natija” Yangiliklar

Andrey Kanchelskis: “Jizzaxdagi durang - haqqoniy natija”

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Navbahor” uchrashuvidan so'ng, “lochinlar” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuv jangovar ruhda, qiziqarli, yakkakurashlarga boy tarzda o'tdi. Menimcha, durang haqqoniy natija bo'ldi. Albatta, uchrashuvning qiyin kechishini bilardik. SHogirdlarimga maydonda jonbozlik namoyish etganliklari, barcha imkoniyatlarini ishga solishgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu bahsdan oldin jurnalistlar bilan matbuot anjumani o'tkazilgan va unda jamoamiz ayni paytda ruhiy hamda jismoniy tarafdan tarafdan “o'ra”da ekanligini takidlagandim. Bunday qiyin vaziyat har bir klubda yuz beradi va biz tezroq bundan chiqib ketishimiz lozim. G'alaba qozonsak, barchasi ortda qoladi.

Futbol oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan o'yin bo'lganligi uchun ham qiziqarli sport turi hisoblanadi. Bunda kimgadir omad kulib boqadi, kimgadir esa yo'q. Asosiysi natija va biz bir ochkoni qo'lga kiritdik. Bu omadsizlikning ortda qolganligining boshlanishi va sekin-asta qiyin vaziyatdan chiqib ketamiz, deb umid qilaman", - deydi Andrey Kanchelskis. 

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика