So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Toshkentga nega kelganini aytib berdi Yangiliklar

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Toshkentga nega kelganini aytib berdi

Teglar :  Andrey Kanchelskis
“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Toshkentga kelgani haqidagi xabar barchani lol qoldirdi. Rasmiy manbalar jim turishgandi, biz esa u yashayotgan “Ramada” mehmonxonasiga otlandik.

1991 yil 6 fevral kuni Glazgoda SHotlandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida Sobiq Ittifoq terma jamoasi yarim himoyachisini o'z klubiga futbolchi qidirayotgan “Manchester Yunayted” ustozi Aleks Fergyuson ko'rib qolgan. Kanchelskisning bir nechta videolarini tomosha qilgach Frankfurtda bo'lib o'tgan Germaniya va Sobiq Ittifoq terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga bordi. Fergyuson shundan so'ng yakuniy qarorni qabul qildi. “SHaxtyor”ga Andrey Kanchelskis borasida rasmiy taklif tushdi. SHunday qilib APL va “Manchestr Yunayted”da yangi yulduz paydo bo'ldi.


- Xush kelibsiz Andrey Antanasovich, O'zbekistonga tashrifingizdan maqsadni bilmoqchi edik?
-  Biz bu erga aviahalokatda halok bo'lgan futbolchilarning oilasiga yordam beruvchi “Xalqaro Xayriya Fondi” vakili sifatida keldik. Bu erga muzokara o'tkazish uchun keldik, afsuski vaqtimiz tig'iz.  

- Tushunishim bo'yicha tashrifdan maqsad aviahalokatga uchragan jamoalar ishtirokida Toshkentda xalqaro musobaqa o'tkazish rejalashtirilmoqda?
-  Bizda juda yaxshi loyiha bor, unga ko'ra aviahalokatda halok bo'lgan futbolchilarning oilasiga yordam berish… barchamiz “Paxtakor”ning daxshatli haolakatini eslaymiz…  shu sababli o'z missiyamizni Toshkentdan boshlashni istadik.

- “SHapokoense”, “Paxtakor”, “Torino”, “Manchester Yunayted”  yaqin orada bu klublarni O'zbekistondagi  o'yinini ko'rishimiz mumkin bo'ladimi?
- Ayni damda biz O'zbekiston futbol Associaciyasi bilan muzokara olib borayapmiz. Hozircha rejalarimiz haqida ayta olmayman… agar barchasi o'xshasa – rejalarimiz juda katta.


Matluba Mustaeva suhbatlashdi

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика