So’nggi yangiliklar

14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  1 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  2 12:57Аҳрор Рисқуллаев Суперлигада юбилей ўйинини бошқарди  3 12:34Уругвайнинг асосий футболчилари Ўзбекистонга қарши баҳсни ўтказиб юбориши мумкин  3 11:45"Насаф" "Ал Ҳилол"га кичик ҳисобда мағлуб бўлган учрашувдан галерея  5 11:20Игорь Сергеев: "Илк дақиқалардан вақт чўзиш ҳолати кузатилди, муҳими ғалаба қозондик"   0 10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  8 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  21 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  9 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0

Andrey Fyodorov: "Toshkentdagi yig'inda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz" Yangiliklar

Andrey Fyodorov: "Toshkentdagi yig'inda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz"

"Neftchi" bosh murabbiyi Andrey Fyodorovning jamoa mashg'ulotlari va safga yangi qo'shilgan futbolchilar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"O'tgan mavsumda chempionat biroz ertaroq yakunlangani bois, dekabrda ham futbolchilarni yig'gan edik. Dekabrdagi yig'inda asosan futbolchilarning tiklanishiga etibor qaratdik. Yangi yildan so'ng Farg'onadagi qarorgohimizda asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash va to'pni yaxshi his etishlari uchun maxsus dastur asosida shug'ullandik. CHunki yigitlar juda qiyin mavsumni o'tkazishdi va endi tatildan keyin avvalo jismoniy holatni tiklab olishlari juda muhim.



Umuman 4 yanvardan buyon to'liq dastur bo'yicha mashg'ulotlarni olib boryapmiz. Farg'onadagi yig'inda jamoa ikkiga bo'lingan holda nazorat bahslarini o'tkazdi. Kechadan boshlab esa Toshkentga keldik va futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Bu borada jiddiy muammolarga duch kelmadik. Bazi futbolchilar faqat dushanba kuni qaytadan ko'rikdan o'tishadi. Bu erda to'rtta o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishni rejalashtirganmiz. Tayyorgarlikni bu bosqichida diqqatimizni asosan o'yinlar o'tkazishga qaratamiz.



Tarkibga qo'shilgan yangi futbolchilarning imkoniyatlarini sinab ko'ramiz. Safimizga qo'shilgan yangi futbolchilar: darvozabon O'tkir Yusupov, yarim himoyachi Sardor Eminov, himoyachilar Ilhom Boydedaev va Alisher Samatov. Biz yana yangi futbolchilarni jalb etishni rejalashtirganmiz. Ammo keladigan futbolchilar hozirgilardan kuchli bo'lishi lozim. Ayni paytdagi tarkibimizda mavjud futbolchilar ham yomon emas. Agarda haqiqatda jamoamizni kuchaytira oladigan futbolchi bo'lsa olamiz. Yangi keladigan futbolchi hozirgilardan yaqqol kuchli bo'lishi kerak. Agarda imkoniyat bo'lganida, avvalo markaziy himoyachi olgan bo'lardim. SHuningdek, kuchli hujumchi va tayanch yarim himoyachisi bilan tarkibni kuchaytirgan bo'lardim. Ammo hozirgi kunda hujumchi nafaqat bizga, balki butun o'zbek futboliga kerak.

Kim hozir mashg'ulotlarimizda yo'q bo'lsa o'shalar ketishdi. Akmal Xolmatov, Evgeniy CHeremisin, Adrian Kashkaval, Ro'zimboy Ahmedov, Sardor Rahmonov kabi futbolchilar jamoamizni tark etishdi.



Yangi mavsumga hozircha aniq bir maqsad qo'yilgani yo'q. O'tgan yil OCHL yo'llanmasiga ega bo'lishimiz mumkin edi. Biroq aslida yil boshida bunday maqsad qo'yilmagan edi. Bu yil yigitlar oldiga har bir uchrashuvda maydonga tushib g'alaba uchun o'ynashni vazifa qilib qo'ymoqchiman. Kuzda esa musobaqa jadvalida kim qaysi o'rinda bo'lishini ko'ramiz", - deydi Andrey Fyodorov.


Narzulla Saydullaev yozib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика