So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Andrey Demchenko: "Nasaf" "Barsa" yoki "Real" emasdi" Yangiliklar

Andrey Demchenko: "Nasaf" "Barsa" yoki "Real" emasdi"

"Obod" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Demchenko o'z fikrlarini bildirdi.
"Nasaf" yaxshi jamoa. Ularning o'yinlarini kuzatgandik, o'rgangandik. Bizning jamoa qanday o'ynagani meni taajubga solmoqda. Raqib "Milan", "Barselona" yoki "Real" emas. Bizning tarkibimizdagi bazi futbolchilar oliy ligada o'ynashga loyiq emas. Agar senda mahorat kam bo'lsa uni jismoniy harakatlar bilan qoplashing lozim. Yugurish, xalal berish... Himoyadagi o'yinimizdan lol qoldim.

Tarkibda bazi o'yinchilarga umuman etirozim yo'q. Ular kurashishmoqda. Ammo afsuski yozda vaqtimiz juda kam edi.

Oldingi o'yinlarimizga qarab ishonchni ushlab olamiz deb umid qilgandim. "Olmaliq"da 90+4-daqiqada gol o'tkazib yutqazgandik. Bugun esa bizni bosib ketishdi, men yomon ahvoldaman.

Yozda men ikkinchi davra boshlanishiga 15 kun qolganida keldim. Aslida "Obod" yo'q bo'lib ketishi kerak edi. Ammo oldingi rahbariyat bilan kelishuvga erishildi va ikkinchi davrada ishtirok etayapmiz. Maqsadimiz hech bo'lmasa o'tish o'yinida qatnashish.

"Obod"ga shunday tarif beraman: havoda qulayotgan samolyotni havoning o'zida tamirlashga harakat qilayapmiz, - deydi Demchenko.

 
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика