So’nggi yangiliklar

00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   33 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  218 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Andrey Baklanov: "Jamoviy o'yin evaziga g'alaba qozondik" Yangiliklar

Andrey Baklanov: "Jamoviy o'yin evaziga g'alaba qozondik"

SHanba oqshomida Qo'qonda kechgan Farg'ona derbisida birinchi liga ishtirokchisi "Qo'qon-1912" penaltilar seriyasida g'alaba qozonib keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bunda jamoaning tajribali posboni Andrey Baklanovning ham hissasi katta bo'ldi. Negaki mahoratli posbon "Neftchi" azolarining birinchi tepgan penaltisini qaytarishga erishdi. Uchrashuvdan so'ng Baklanov bilan suhbatlashdik.

- O'zingiz ham guvohi bo'ldingiz, maydonda keskin kurash kechdi. Jangavor ruhda o'tdi. Kerakli natija qo'lga kiritilganidan keyin hamma xursand xolda uylariga qaytdi.

- Bu kabi oliy liga jamoasiga qarshi kechadigan bahslardan oldin kuchli tayyorgarlik ko'rasiz. Aslida o'zingizni tayyorlamasangiz ham baribir o'yinga tayyor bo'lasiz. Ushbu g'alaba tarixiy bo'ldi. Aytishlaricha "Qo'qon-1912" Farg'ona jamoasini bundan roppa-rosa 25 yil ilgari mag'lub etgan ekan. Ushbu ananani davom ettirganimizdan xursandmiz.

- Stadionimizni to'ldirib o'tirgan muxlislar bizni butun uchrashuv davomida tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlab turgani biz futbolchilarga yanada qo'shimcha kuch bag'ishladi. Aynan ularning olqishlab turishi ham g'alaba qozonishimizda qo'l keldi. Qolaversa jamoaviy o'yinimiz evaziga ham "Neftchi"ni mag'lub etdik deb hisoblayman.

- Penaltilar seriyasi bu  lotoreya. Unda ko'p narsa omadga ham bog'liq. Albatta uchrashuv penaltilar seriyasiga qadar borishini kutmagandik. SHu bois bunga mashg'ulot jarayonida alohida tayyorgarlik ko'rganmiz deya olmayman. Qo'shimcha taymlarning ikkinch bo'limi tugab borayotgani murabbiyimiz menga ishonch bildirib zaxiradan maydonga tushirdi. Bu taktik o'zgarish edi. Penaltilarni qaytarishimning hech qanday siri yo'q. Bu borada ko'pincha mening omadim chopadi.

- "Neftchi" ham yomon o'yin ko'rsatmadi. Ularga omad kelmadi. Farg'onaliklarga keyingi o'yinlarda omad tilayman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика