Andranik Teymuryan: "O'zbekiston Eron singari qudratga ega va Gonkongdan ancha kuchli"
19 noy 2023 13:34
Yangiliklar
Andranik Teymuryan: "O'zbekiston Eron singari qudratga ega va Gonkongdan ancha kuchli"
Eron yordamchi murabbiyi Andranik Teymuryan JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Alirizo Jahonbahshning o'yinda ishtirok eta olmasligi achinarli, u terma jamoaning eng samarali o'yinchilaridan biri edi. Biroq jamoa lageridagi muhit yaxshi. Umid qilamanki, O'zbekistonga qarshi yaxshi o'yin namoyish etamiz.
O'zbekiston kuchli jamoa sanaladi, ular himoyalanish va hujumlarni tashkil etishda ajoyib harakatlanishadi. Bo'lajak raqibimiz Gonkongdan ancha kuchli, biz CAFA turnirida ro'baro' kelganmiz. O'zbekistonning kuchli va zaif tomonlarini o'rgandik. O'zbekiston Eron kabi o'yin namoyish etadi. Bizni qiyin bellashuv kutib turibdi. Uchrashuvda uch ochko qo'lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi eronlik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Eron uchrashuvi 21 noyabr kuni 18:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar