Andijonda "Kamolot kubogi" bahslari o'tkazildi
10 noy 2014 15:36
Yangiliklar

Andijonda "Kamolot kubogi" bahslari o'tkazildi
"Kamolot" YOIH Andijon bo'limi tomonidan har yili oliy o'quv yurtlari o'rtasida musobaqa o'tkazib kelmoqda.
Bu musobaqalarda oliy o'quv yurtlarining talabalari sportning turli yo'nalishlari bo'yicha ishtirok etib kelishmoqda. Sportning futbol turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqalarda 4 jamoa kuch sinashdi.
Dastlab Andijon Davlat Univestiteti va Andijon Mashinasozlik Instituti jamoalari bellashdi. Unda ADU jamoasi qiyinchiliksiz raqiblarini tor-mor etdi. Ikkinchi bellashuvda Andijon Davlat Tibbiyot Instituti jamoasi Andijon Qishloq Xo'jaligi Instituti bilan uchrashdi. Teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda Andijon Qishloq Xo'jaligi Instituti jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi.
Finalda ADU va Qishloq xo'jaligi Instituti jamoalari orani ochiq qildi. SHiddatli kechgan uchrashuvda ADU 3:2 hisobida g'olib bo'ldi. Musobaqa so'ngida tashkilotchilar tomonidan g'oliblarga esdalik sovg'alari topshirildi.
Komiljon Ikromov

Fikrlar