So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

"Andijon" muxlislari: "Mashal"dan qaerimiz kam? Yangiliklar

"Andijon" muxlislari: "Mashal"dan qaerimiz kam?

Aynan shunday murojaat bilan kuni kecha bir necha nafar andijonlik futbol muxlislari saytimizga murojaat qilishdi.
Bu yil jamoamiz 50 yoshga to'ldi. Bundan bir necha yil avval "Paxtakor" o'z yubileyiga atab katta tadbir amalga oshirgan, kitoblar, muxlislar uchun atributikalar chiqargan edi. Qolaversa, Moskvadan "Torpedo" jamoasi mehmon bo'lib kelgan. 2 noyabr kuni "Mashal" o'z maydonida muxlislari uchun 30 yoshga to'lishini nishonlab berar ekan. Buning uchun maxsus dastur ishlab chiqilibdi. Bizning jamoamiz ham roppa-rosa 50 yoshga to'ldi. Yarim asirlik to'yiimizni birinchi ligaga ravona bo'lish bilan nishonlayapmiz. Mayli shunisiga ham chidaylik, ammo bitta tadbir o'tkazsa bo'ladi-ku? O'z paytida "Andijon"da muxlislar mexrini qozongan futbolchilarni jamlab turib shou qilib  beringlar, biz shundan xursand bo'laylik. Yil boshida katta-katta vadalar berildi, ishondik, ammo hammasi sarob bo'lib chiqdi. Yoki bizga ochiqchasiga aytib qo'yinglar. Boisi oliy liga tugashiga ham ikki tur qoldi", - deyiladi muxlislar murojaatida.

P.S: Mazkur masala yuzasidan "Andijon" rahbariyati bilan aloqaga chiqamiz va ularning javoblarini saytimiz orqali sizlarga taqdim etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика