So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  25 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

"Andijanka"ni tashkil qilgan Miroman Kim haqida Yangiliklar

"Andijanka"ni tashkil qilgan Miroman Kim haqida

2016 yilning 7 yanvarida Miroman Dmitrievich Kim 80 yoshga to'lgan bo'lar edi.
Uning yaqinlari va do'stlari qo'shaloq yubileyni katta tantana bilan o'tkazishmoqchi edi. Keyingi yil uning murabbiylik faoliyatiga 60 yil to'lar edi. Taqdir emas ekan. Mashhur Andijanka klubi nomi bilan bog'liq bo'lgan g'aroyib inson vafot etdi.  



… 1952 yil. Butun Andijon parkka yig'ilgandek tuyuldi. Bolalar va oqsoqollar ochiq ring atrofidan joy olish uchun vaqtliroq kelishgandi. Moskva chempioni Stanislav Andreev va mahalliy muxlislar yoqimtoyi, 16 yoshli Miron o'rtasidagi jang bo'lishi kutilayotgandi. Uni mehr bilan Miriman deb atashardi. Miron bir necha kuchli va tajribali raqiblarni mag'lub etgandi. Albatta, barcha temirchi bo'lib ishlagan yigitchaga muxlislik qildi.  

- Esingdami, o'tgan hafta sport ustasini nokautga uchratgandi, - degandi sochiga oq oralagan inson. – Raqibi o'zidan 10 kilo og'irroq edi. 

- Agar Mironning o'ng jebi o'tsa, moskvich oyog'ida tura olmaydi, - boksga qatnashishni boshlayotgan yosh yigitchalar ham o'zlariga mulohaza qilishardi.

- Bugun ertalab Miron viloyat engil atletika musobaqasida birinchi bo'lib keldi, kecha esa basketbol termasida o'ynagandi, - deydi Kimning qo'shnisi.

- Ko'p qirrali atlet, qanday qilib barchasiga ulgurmoqda, - xayron bo'lishardi yig'ilganlar.
 


CHapdan o'ngga: Vladislav Xan, Miron Kim va Timur Nizaev

Mironni o'sha kecha to'xtatib bo'lmadi. Bir nafasda ajoyib jang o'tkazdi. Mehmon bokschi jang oxiriga etmay turib ringni tark etdi. Mahalliy yigitchani esa qo'llariga ko'tarib olib yurishardi. Bu haqda ko'rganlar aytib berishgan.
 
Miriman oilasidagi eng katta farzand edi. Otasiz o'sgan. Onasiga yordam berish uchun barvaqt ishga kirdi. 12 yoshga to'lar to'lmas temirchi bo'lib ishlay boshladi. Darslardan so'ng u erga borardi. Maktabda esa deyarli barcha sport turlariga qiziqardi. Mag'lub bo'lsa kuyunardi, biroq basketbol maydonchasi, ring yoki engil atletika sektoriga qaytib kuchli ekanini isbotlashga urinardi. Tirishqoq va chaqqon yigitchaning aniq maqsadi bor edi, u g'oliblik ruhi bilan o'sdi.
 
20 yoshida boks murabbiyiga aylandi. Biroq, o'z shogirdini boshqa murabbiylar adolatsizlik bilan undan olib qo'yishgach o'zi o'qigan maktabda qizlar qo'l to'pi jamoasiga murabbiy bo'lib ishga o'tdi.  
 
Miron bunday boshqalarning ko'zi bilan ko'rganda g'alati qarorlarni ko'p qabul qilgan. Andijonlik gandbolchilar respublika chempioni bo'lishganida Kimni O'zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlashgandi. Bu jamoa Sobiq ittifoq Spartakiadasida to'rtinchi o'rinni olgan va murabbiyning hayotida yangi sahifa ochildi. CHim ustida xokkey bilan shug'ullanuvchi qizlardan iborat Andijanka jamoasini tuzdi, o'shanda 40 yoshda edi.   
 
Bu jamoa qisqa vaqt ichida respublika miqiyosiga chiqdi. Tarbiyalanuvchilari nafaqat mamlakat balki Evropa, jahon, qitalararo kubogi musobaqasida g'olib chiqishgandi. Andijanka Meksika, Hindiston, Angliya, SHveciya, Belgiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Argentina, Gollandiyadagi xalqaro musobaqalarda zafar quchgandi. Miriman Dmitrievichning to'rt nafar shogirdi Moskvada o'tgan Olmipiadada bronza medali sohibi bo'lishdi. 13 yil davomida chim ustida xokkey terma jamoasini boshqardi. Uning natijalarini boshqa odam takrorlashi qiyin.
 


Timur Nizaev Miron Kimga 2015 yilgi O'zbekiston chempionati kumush medallarini topshirmoqda...

Mashhurlik, sharaflar, maqom, sovrinlar – barchasi bor edi.  Nafaqaga chiqishga bir yil qolganida Kim Andijanka tarixida yana bir yangi sahifa ochdi. U futbol jamoasiga aylandi. 1995 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan jamoa 8 marta chempion bo'lgan, uch marta O'zbekiston kubogi sohibi bo'ldi, to'rt yil davomida Markaziy Osiyo reytingida birinchi pog'onada bordi. Uning qo'l ostida ayollar terma jamoamiz Osiyo musobaqalariga chiqqandi. Hozirga qadar hech bir murabbiy bu natijani takrorlay olgani yo'q.
 
…Seulda (Janubiy Koreya) shunday obida bor unda jahondagi barcha hamyurtlarning ism familiyasi qayd etilgan. Ular orasida Miriman Dmitrievich Kim nomi ham bor.
 

Timur Nizaev
Ruschadan Narzulla Saydullaev tarjimasi    
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика