So’nggi yangiliklar

12:22Палмер Бруну Фернандешга эҳтимолий ўринбосар сифатида кўрилмоқда  0 11:55Рейндерс кўприк тагида ташлаб кетилган чақалоқни боқиб олди  3 11:23Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди  0 10:43Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади  2 10:14"Манчестер Юнайтед" клубнинг антирекордини такрорлади  3 09:52"Челси" собиқ футболчиси ҳаёт билан видолашиш арафасида эканини маълум қилди  3 09:25Расман. "Бухоро" деярли 2 метрлик легионер футболчи билан шартнома имзолади  4 08:58"Эл класико"да "Барселона"га мағлуб бўлган Алонсо ўйиндан сўнг нималар деди?  14 08:31"Хоразм"нинг ўтган мавсум тўпурари фаолиятини легионер сифатида давом эттиради  2 08:04Флик ғалабадан сўнг нималар деди?  11 08:00Эл класико. "Барселона" - "Реал Мадрид" 3:2  1 07:40"Реал Мадрид" собиқ футболчиси "Локомотив" билан музокара олиб борди  3 07:14Финалнинг энг яхши футболчиси ким бўлди?  3 02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  3 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  245

Andijonning yangi legioneri: Bor kuchim bilan Andijonga yordam berishni maqsad qilganman Yangiliklar

Andijonning yangi legioneri: Bor kuchim bilan Andijonga yordam berishni maqsad qilganman

Xabaringiz bor, Andijon klubi rossiyalik tajribali hujumchi Islam Mashukov bilan shartnoma imzoladi.

«Andijon» matbuot xizmati Mashukovdan dastlabki intervyuni oldi.

- Islam, «Andijon» klubiga xush kelibsiz! Bizning jamoadan taklif olaman, deb o'ylaganmidingiz?

- Tabrik uchun katta rahmat. SHu erda ekanligimdan xursandman. Taklifni olganimdan keyin «Andijon»ning ishtiyoqmand klub ekanligini sezdim. Jamoaning o'z maqsadlari borligi va ishqibozlari ham g'oyatda ajoyibligi haqida xabarim bor edi. Ularning qarshisida to'p surish boshqacha bo'ladi. SHu bois bu erga kelishga va klub bilan nimalargadir erishishga qaror qildim.

- Siz uchun bu yangi chorlov. Yangi klub bilan o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Bu er musulmon davlat va mentaliteti Kavkazdagi shunday mamlakatlarnikidan katta farq qilmaydi. SHu sabab qandaydir qiyinchiliklarga duch kelsam kerak, deb o'ylamayman.

- O'zbek futboli haqida ilgari ko'p narsalar bilarmidingiz?

- Rostini aytish kerak, unchalik xabardor emasdim. To'g'ri, o'zimizning rus chempionatida yurtingizdan kelgan o'yinchilarni bilardim. Masalan, SSKAdagi vakilingiz...

- Abbosbek Fayzullaev...

- Ha... O'z-o'zidan bunday holat O'zbekistonda ham futbol tobora rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

- «Andijon»ning o'tgan mavsum O'zbekiston Kubogiga ega chiqqanidan xabaringiz bo'lsa keraka?

- Xa, buni bilaman. Ajoyib natija!

- O'z oldingizga qanday vazifalar qo'ygansiz?

- Asosiy maqsadim — klub bilan nimalargadir erishish! Men uchun asosiy masala jamoaning chempionatni yutishi yo Superkubokka ega chiqishi hisoblanadi. SHuning o'zi menga etarlidir.

- SHaxsiy maqsadlaringiz ham bo'lsa kerak: masalan, klub to'purariga aylanish...

- Menga jamoa bilan sovrin va unvonlarga ega chiqish shaxsiy maqsadlardan yuqori turadi. Agar birorta ham gol ura olmasam, lekin klub nimanidir yutgan taqdirda menga etarli bo'ladi.

- Faoliyatingiz davomida qo'shni Qozog'istonda va yurtingizdagi bir qancha klublarda to'p surdingiz. Markaziy Osiyoda esa endi o'ynaysiz. Siz buni oldinga tashlangan qadam deb hisoblaysizmi? Umuman olganda, ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Men buni yangi tajriba va tabiiyki, oldinga tashlangan qadam deb hisoblayman. Bu men uchun chorlov. SHuning evaziga o'zim uchun yangi bo'lgan ko'p jihatlarni o'rganaman. Bor kuchim bilan «Andijon»ga yordam berishni maqsad qilganman. Bundan nimaga erishishim mumkinligini esa vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика