So’nggi yangiliklar

22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  8 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  4 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  8 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  6 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  7

Andijonning legioneri: Golni bizni ziga zaga, olg'a Andijon, deb qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlayman Yangiliklar

Andijonning legioneri: Golni bizni ziga zaga, olg'a Andijon, deb qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlayman

Andijon Superliganing 5-turida Toshkentda Lokomotivni 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushirilgan tojikistonlik hujumchi SHaxrom Samiev ikkinchi golga mualliflik qildi va chempionatimizdagi gollari hisobini ochdi. Futbolchi «Andijon» matbuot xizmatiga o'z fikrlarini aytib o'tdi.

- SHaxrom, «Lokomotiv»ga qarshi bahs to'g'risida nima deya olasiz?

- O'yin yaxshi va emociyalarga boy tarzda o'tdi. Jamoadoshlarimga rahmat, oxirigacha hisobni ushlab turishdi va muxlislarga katta rahmat. Ular eng zo'ri!

- «Andijon» safidagi birinchi golingizni urdingiz. Hissiyotlar qanday?

- G'alabadan juda mamnunman. Jamoaning yutuqlariga o'z hissamni qo'shganimdan xursandman va bizda ahil bir oila mujassam.

- Zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirishda hissa qo'shyapsiz va gol uryapsiz. Sizni «yashirin qurol» deb atasak bo'ladimi?

- Nima desam ekan, men doim jamoaga yordam berishga tayyorman. Asosiy tarkibdami yo zaxiradanmi, farqi yo'q. Yashirin qurol haqida hech narsa deya olmayman (kuladi).

- Golingizni kimga bag'ishladingiz?

- Golni bizni «ziga zaga», «olg'a «Andijon», deb qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga bag'ishlayman.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика