So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  20 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Andijon"ning Antaliya yig'ini nihoyasiga etdi Yangiliklar

"Andijon"ning Antaliya yig'ini nihoyasiga etdi

Superligaga qaytgan "Andijon" futbol klubining Turkiyada tashkillashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etdi.

27 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida rejalashtirilgan o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishgan andijonliklar 17 fevralda mazkur tayyorgarlik bosqichini yakunladi.

Avvalroq xabar berilganidek, yig'in davomida 7 ta nazorat uchrashuvi tashkillashtirildi. Etiboringizga ana shu uchrashuvlar natijalarini havola qilamiz.


31 yanvar
“Andijon” – “CHiksereda” (Ruminiya) – 0:0

3 fevral
“Andijon” – “Fakel” (Rossiya) – 1:4
Jamoamizdan gol mullifi SHahboz Erkinov (penaltidan)

8 fevral
“Andijon” – “Volga” (Rossiya) – 0:4

12 fevral
“Andijon” – “Veles” (Rossiya) – 5:1
Gollar
: Suhrob Berdiev (dubl), Sardor Azimov, Nodari Kavtaradze, Bobur Farhodov.

“Andijon” – “Samtredia” (Gruziya) – 0:0

15 fevral
“Andijon” – “Rodina” (Rossiya) – 0:0
“Andijon” – “Petrokub” (Moldova) – 0:0

Qolaversa, tashkilotchilar tomonidan ushbu o'yinlarga xorijlik malakali hakamlar tayinlandi. Boisi, Antaliyada hakamlar guruhlari ham yig'in o'tkazishdi va ularni nazorat qiluvchi shaxslar o'z vaqtida taniqli referilar bo'lishgan. 

Misol uchun Ulnovskning “Volga” jamoasiga qarshi o'yinda rossiyalik mashhur Nikolay Levnikov inspektorlik qildi. “Samtredia” bilan bo'lib o'tgan bahsda esa rossiyalik yana bir taniqli sobiq hakam - Vyacheslav Xarlamov inspektor vazifasini bajardi. “Petrokub”ga qarshi kechgan o'yinni qirg'ig'istonlik Bahodir Qo'chqorov shogirdlari boshqarib bordilar va mazkur bahsning nazoratchisi Artyom Skopencev edi.

"Bir so'z bilan aytganda, “Andijon”ning 21 kunlik xorij yig'ini ko'ngildagidek kechdi va barcha rejalar amalga oshdi. Jamoamiznig Antaliya yig'ini ancha sermazmun o'tdi. Futbolchilar murabbiylar shtabining barcha ko'rsatmalarini bajarishdi.
Bugun jamoa azolari Antaliyadan to'g'ri Toshkentga parvoz qiladilar va shu bilan qisqa muddatli dam beriladi. Undan keyin esa jamoa yangi mavsumning dastlabki o'yini uchun tayyorgarlikka kirishadi", - deyiladi klub xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика