So’nggi yangiliklar

10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  6 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0

Andijonlik muxlislar terma jamoamiz o'yinini sabrsizlik bilan kutmoqda, lekin... Yangiliklar

Andijonlik muxlislar terma jamoamiz o'yinini sabrsizlik bilan kutmoqda, lekin...

Xabaringiz bo'lsa kerak, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 21-25 mart kunlari vodiyda Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi malum qilingandi.

Tabiiyki, O'FAning ushbu qarori vodiy xalqini behad quvontirib yubordi. Ayniqsa andijonlik muxlislar uchun haqiqiy bayram bo'ldi. Sababi «Sog'lom avlod» stadionida hozirgacha terma jamoamiz sira o'yin o'tkazmagandi.

Muhtaram yurtboshimiz o'z chiqishlarida har gal eng avvalo xalqning kayfiyatini ko'tarish asosiy vazifalarimizdan biri ekanligini aytib o'tmoqda.

Buning samarasi o'laroq, yaqinda MOQ raisi, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning shaxsan o'zi Andijonga tashrifi chog'ida, maxalliy ishqibozlar bilan uchrashib, Andijon xalqining kayfiyati uchun ham terma jamoamiz uchrashuvini aynan bizning viloyatda o'tishiga qaror qilganini takidlagandi. Bu esa Andijon xalqini bexad shod etmay qolmadi.

Ammo, lekin, biroq...
Eshitishimga qaraganda kuni-kecha Andijonga O'FAning maxsus ishchi guruhi tashrif buyurib, shahardagi «Sog'lom avlod» stadionining bugungi xolati bilan yaqindan tanishdi.

Aytishlaricha, stadiondagi jamoalar kiyinish va yuvinish xonasi,  talab darajasida emas. Darhaqiqat, shunday. Agarda bu borada kerakli ishlar olib borilmasa, jamoalar uchun sharoitlar yaratilmasa O'zbekiston - Saudiya Arabistoni o'yinini Andijondan olib qo'yib, boshqa viloyatga berib yuborishi ham hech gap emas. SHuning uchun shaxsan o'zimni va minglab andijonlik ashaddiy ishqibozlar nomidan shuni iltimos qilardimki, Andijon viloyati hokimining masul xodimlari, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Andijon viloyat futbol assosiaciyasi, Andijon olimpiya zaxiralari kolleji, «Sog'lom avlod» stadioni, «Andijon» futbol klubi rahbariyati o'z ishiga jiddiy yondoshib, viloyatimizdagi birinchi raqamli stadion bo'lib turgan «Sog'lom avlod» stadionidagi sharoitlarni talab darajasiga keltirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

Aks xolda, Andijon xalqi terma jamoamizning uy o'yinidan mosuvo bo'lishi turgan gap.



SHuning uchun hamma masul xodimlar bir yoqadan bosh chiqarib, chin ko'ngildan ishlab, stadionimizdagi xolatni ijobiy ko'rinishga keltirib bersa, xalq xursand bo'lardi.

Andijonda 3 200 000 aholi bor, shundan 20 foizi futbolning ashaddiy ishqibozi sanaladi desam, xato bo'lmasa kerak. Albatta Saudiya Arabistonidek Osiyoda o'z nomiga ega bo'lgan terma jamoani viloyatimizga tashrifi biz uchun katta bayram. Ishonchim komilki, viloyatimiz hokimi SH.Q.Abdurahmonov ham bu borada masul shaxslarga kerakli topshiriqlarni beradi va Navro'z bayramiga biz andijonliklarga xaqiqiy bayram qilib beradi.

Bunga javoban andijonlik futbol ishqibozlari ham 25 mart kungi o'yinda muxlislik  darajasi qanday bo'lishini barchaga ko'rsatib qo'yadi. Faqat shu kuni Andijonda terma jamoamiz o'ynasa bo'lgani. Haqiqiy jonkuyar muxlislar bizda ekanligi aniq. Xullas stadionni tayyorlash Sizlardan, muxlislik qilish bizdan!!!


Nodirbek To'ychiev

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика