So’nggi yangiliklar

09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  0 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  0 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  5 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  1 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  16 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  3 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  2 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0

Andijonda nima bo'lyapti? Yangiliklar

Andijonda nima bo'lyapti?

So'nggi 48 soatda "burgutlar" mavzusi yana trendga chiqdi. Go'yoki, "Andijon" moliyaviy muammolar tufayli Nukusga bora olmadi.

Lekin bir hafta oldin bo'lajak o'yin uchun ("Turon"ga qarshi) har futbolchiga 20 mln so'mdan mukofot puli vada qilgan klub bugun yo'l xarajatlari uchun mablag' topa olmasligi unchalik ishonarli emas. Agar u rahbariyat qisqa muddat ichida 30 mlrd.dan oshiqroq pulini futbol uchun sarflab yuboradigan darajada sahiy bo'lsa, tarqatilgan xabarga nisbatan shubha yanada ortadi.

Savol: unda muammo qani?

2020 yilning yozida viloyatning bosh jamoasi bankrot bo'lishiga bir qadam qoldi. Buni Andijon imidji uchun salbiy tasir qilishini tushungan SHuhrat Abdurahmonov klubni yangi tasischiga berishga qaror qildi. 

"Burgutlar"ning hozirgi rahbari Juratbek Quvvatov bilan kelishuvga erishar ekan, viloyat hokimi masuliyatning bir qismini o'z bo'yniga olgan edi (projektor muammosini hal qilib, moliyaviy yordam berish).

Biroq hanuzgacha projektor masalasida oldinga qadam tashlangani yo'q. SHuningdek, "Andijon" rahbariyati stadionning rekonstrukciyasi va yangi baza qurilishi uchun milliardlab pul sarflasa ham, mazkur obektlar klubning hisobiga o'tkazilmagan yoki uzoq muddatli foydalanish uchun ijaraga berilmagan.

Ushbu masalalarda amaliy yordam ololmayotgan "burgutlar" rahbariyati viloyat mutasaddilaridan ranjigani tufayli jamoani moliyalashtirishni to'xtatib, futbol maydonidan chekinmoqchi.

Vodiy futboli azaldan hokimlarga bog'liq bo'lgan. Namangan va Farg'ona hokimlari grand klub yaratib, Superligada kim o'zarga poyga o'ynayotgan bir paytda Andijon katta futbolsiz qolishi mumkin. Xullas, vaziyat jiddiyga o'xshayapti.

Buni O'zPFL ham tushunib turibdi. SHu tufayli o'tgan haftada Buxoro hokimi bilan uchrashib, jamoaga transfer taqiqi qo'yilishining oldini olgan D. Imomxo'jaev bugun Andijonda bo'lib turibdi. 

Umid qilamizki, muzokaralar yakunida minglab andijonlik muxlislarni xursand qiladigan kelishuvga erishiladi.

mutolaa uchun: "Paxtakor" bilan Krimec o'rtasida qanday muammo yuz berdi?

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика