So’nggi yangiliklar

08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  4 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  1 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  4 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  15 02:06Эрон терма жамоаси ноябрь ойидаги йиғин учун таркибини эълон қилди  0 01:45Миср ноябрдаги йиғин учун таркибни эълон қилди, Салоҳ Ўзбекистонга қарши ўйнаши мумкин  3 01:36Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғин учун таркиби маълум  2 01:22U-17 Жаҳон чемпионати. Ирландия — Ўзбекистон 2:1  0 00:40АПЛ. "Арсенал" меҳмонда 90+4 дақиқада урилган гол туфайли ғалабани қўлдан чиқарди  19 00:34Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Насср", "Ал Иттиҳод" ва "Ал Аҳли" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтди, Роналду яна пенальтидан гол урди  2

"Andijon" va "Turon". Superliga sinovidan kim omon chiqadi? Yangiliklar

"Andijon" va "Turon". Superliga sinovidan kim omon chiqadi?

Teglar :  AndijonTuron
Mazkur ikki jamoani Superligada haqiqiy chin manodagi sinovli uchrashuvlar kutmoqda, deyish mumkin.

Ortda qolgan uchta turda yuqoridagi ikki jamoa turli natijalar qayd etishdi. Ko'rsatkichlarni barqaror, deb bo'lmaydi. Albatta yo'qotilgan ochkolar hozir bilinmasligi mumkin. Oldinda uchrashuvlar ko'p, deb qo'yishlari tabiiy. Ammo ularni kutayotgan bellashuvlardagi raqiblar bo'ri misoli tishlarini sayqallab turishibdi. 


"Andijon"

Qarshida "Nasaf"ni engib mavsumni o'ziga hos sensaciya bilan boshlagan "burgutlar" keyingi ikki turda ketma-ket mag'lubiyatni qabul qilib oldi. "Andijon" va Xomyakov tayyorgarlikni jiddiy qilmasa bo'lmaydiganga o'xshamoqda. 4-turda Timur Kapadzening "Olimpik" jamoasi mehmoni bo'lsa, keyingi turda Farg'onada ayni paytdagi chempionat peshqadami "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqadi. Jamoa lokaciyasini o'zgartirmaydi, keyingi bekat yulduzli tarkibga ega Namanganning "Navbahor" jamoasi. Mana shu uchta o'yin hozirdanoq "Andijon"ning tushlariga kirayotgan bo'lsa kerak. Unutmaslik kerakki, "Andijon" Superligadagi so'nggi bor ishtirok etgan 2021 yilgi mavsumida Namangandan uch ochko bilan qaytgan edi ("Navbahor" - "Andijon" 0:1). 

03.04.2023. "Olimpik" - "Andijon"

08.04.2023. "Andijon" - "Neftchi"

14.04.2023. "Navbahor" - "Andijon"

"Turon"

Hamma havas qiladigan, baza, stadion, mashg'ulot maydoni umuman futbol uchun kerakli barcha narsaga ega "Turon" ham hali g'alabalar sonini ochib olgani yo'q. Tarkibdagi futbolchilar bundan ko'prog'iga qodir. "Buxoro" va "Surxon" bilan bahslarda uch ochko olishlari imkoniyati yuqori baholangandi. Qisqasi, o'z qo'lidagi oshni raqiblar bilan baham ko'rib biroz mehribonlik qilib yubordi. Lekin navbatdagi turlarda yaypanliklar ham jiddiy zarbalarga tayyor turishi kerakka o'xshaydi. FIFA kunlaridagi hordiqdan so'ng "Turon" Toshkentga safar qiladi va "Bunyodkor" bilan uchrashadi. "Qaldirg'ochlar" ayni paytda o'yin sifati va natija bo'yicha ham juda yaxshi holatda. Ularning hisobida 9 ochko bor. 5-turda o'z maydonida "Olimpik"ni qabul qiladi. Bu jamoaga ortiqcha tarif shart emas. Barchasi malum. Bir tomondan taqdirlar "Andijon" bilan o'xshash, faqat bu klub bir tur oldin "Bunyodkor" bilan o'ynab bo'ldi (0:3). Baxtiyor Ashurmatov brigadasi "Neftchi" va "Navbahor" imtixonidan o'tishlariga to'g'ri keladi. Orada kubok bahslari ham bor. CHempionatda "Buxoro"dan uchralgan mag'lubiyat alamini kubokda olish vazifa ham turibdi. Qo'rqinchili tush. 


Taqvimga qaraymiz. 

02.04.2023. 4-tur. "Bunyodkor" - "Turon"

07.04.2023. 5-tur. "Turon" - "Olimpik"

17.04.2023. 6-tur. "Neftchi" - "Turon"

23.04.2023. 7-tur. "Turon" - "Navbahor"

 

Yuqoridagilardan farqli ravishda navoiyliklar ketma-ket 2ta jiddiy raqib bilan kuch sinashishadi. Bular "Nasaf" va "Paxtakor". Har ikkisi tarkib va jamoa nuqtai nazaridan bir bosh ustun klublar hisoblanishi malum. Futbolda kutilmagan natijalar ro'y berishi mumkin. Lekin vaziyatga realroq qarashni maqsad qildik. Barcha kurashsin, bir-biriga jang taklif qilsin. SHundagina biz faqat terma jamoa emas, ichki chempionatimiz orqali ham muxlislarni jalb qila olamiz. Marhamat maydon sizniki, bor hunaringizni ishga soling, tamom. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика