So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  14 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  9 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

"Andijon" va "Antalyaspor" futbol klublari o'rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi Yangiliklar

"Andijon" va "Antalyaspor" futbol klublari o'rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi

Bu haqida "Andijon" klubi matbuot xizmati malum qildi.

"Sir emaski, O'zbekistonning har jabhada Turkiya bilan hamkorlik ko'lami kengayib, istiqbolli rejalar asosida samarali ishlar olib borilmoqda. 

Hukumat darajasida ham aloqalar juda mustahkam va muvaffaqiyatli yo'lga qo'yilgan. O'zbek va turk hamkorligining sport hamda madaniyat yo'nalishidagi davomi sifatida “Andijon” futbol klubi Turkiyaning “Antalyaspor” jamoasi bilan kelishuvga erishdi. 

Oldin xabar berganimizdek, jamoamiz rahbariyati mazkur klub rahbariyati bilan uchrashgandi va “Antalyaspor” klubi bilan yaqindan tanishib chiqqandi. Natijada ikki tomon bir-biri bilan ishlashga rozilik bildirgandi. 

SHu boisdan “Andijon” klubi safar oldidan yana bir bor “Antalyaspor” klubida bo'ldi. Bu safar barchasi rasmiylashtirildi. 

Hamkorlik bo'yicha eksklyuziv kelishuv shartnomasini imzolash jarayonida “Andijon” futbol klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev hamda “Antalyaspor” klub prezidenti Aziz CHetin nomidan jamoaning xalqaro aloqalar va strategik rejalashtirish bo'yicha menejeri Erdem Erdal shartnomaga imzo chekdilar. 

Aytish joizki, “Andijon” hamda “Antalyaspor” o'rtasida 5 yillik bitim imzolandi. 

Allaqachon ikki tomon o'rtasidagi hamkorlik bo'yicha ishlarning oldinga siljiganligi kuzatilmoqda. 

Malumki, jamoamiz yaqinda albaniyalik tajribali hujumchi Rubin Xebay bilan shartnoma imzoladi. Bilasizmi, aslida ushbu futbolchi “Antalyaspor” klubi menejerining taklifi bilan olingan. Bu hol esa aynan ikki klub o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning birinchi qadamlaridan bo'ldi. Aslida vaziyat shunday ediki, ushbu o'yinchini “Antalyaspor” klubi ham ko'zlab turgandi. Lekin yordam sifatida hamkorimiz mazkur legionerni “Andijon”ga tavsiya qildi, deyish ham mumkin. 

Kelishuv shartnomasi 11 ta yo'nalish bo'yicha imzolandi. Jumladan, klublar bir-birini asosiy jamoa hamda yoshlar va o'smirlar jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan rasmiy musobaqalarga jalb qilish, xuddi shuningdek, ushbu yo'nalishlar bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha jalb qilish, ikkala tomonlama murabbiylarning o'quv-kurslarini tashkil qilish, klublarning bir-biriga futbolchilarning transferi va ijarasi bo'yicha hamkorligi, klublar xodimlari o'rtasida malaka almashish va stajirovka o'tkazish, klublar o'rtasida futbolchilarning talim dasturlari yuzasidan malaka almashish va stajirovka o'tkazish, “Antalyaspor” sport bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, ikkala klub o'rtasida skautlik yo'nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish, ikkala jamoaning hamkorligi yuzasidan o'zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida va veb-saytlarida bir-birini targ'ibot qilish, klublarning homiylar hamda muxlislar tomonidan keladigan daromadlarini oshirish bo'yicha hamkorlikni yo'lga  qo'yish, har xil sport va futbol maslahatlari hamda tavsiyalarini berish kabi futbolni rivojlantirish bo'yicha o'zaro kelishuvlarga erishildi. 

Etibor bergan bo'lsangiz, maydonda 11 nafar futbolchi o'ynaganidek, mazkur klublarning kelishuv shartnomasida ham 11 ta band o'rin egallagan.   

“Antalyaspor” klubi prezidenti, turk futbolida katta obro'-etibor qozongan janob Aziz CHetin ham “Andijon” klubi bosh direktori Ulug'bek Mirzaev boshchiligidagi jamoamiz delegaciyasi bilan uchrashdi. Tomonlar bunday iliq munosabatdan va samarali kelishuvdan nihoyatda mamnun ekanliklarini yashirib o'tirmadilar. 

O'z navbatida “Antalyaspor” prezidentining o'zi ham jamoamiz bilan hamkorlik qilish tashabbusini qo'llab-quvvatlagan. “Andijon” bosh direktorining janob Aziz CHetin bilan uchrashuvi chog'ida shunga amin bo'lish mumkinki, ushbu loyiha har ikkala tomonning rivoji uchun katta xizmat qiladi",-deyiladi "Andijon" klubi bayonotida.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика