So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  9 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Andijon" Tojikiston jamoasini mag'lub etdi Yangiliklar

"Andijon" Tojikiston jamoasini mag'lub etdi

Teglar :  Andijon
“Andijon” Xo'jandda “Esxata” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

Ushbu klublarning bir oy oldingi uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi. Bu safargi to'qnashuv esa gollarga boy o'tdi. 

Uchrashuv jamoamizning rejasiga asosan boshlandi. Avvaliga Farhod Bekmurotov, so'ngra Ilhom Abdug'aniev bir-biridan chiroyli gollarni raqib darvozasi to'riga joylab qo'ydilar. Lekin tanaffusga yaqin “Esxata” hujumchisi Baxtiyor Zaripov javob golini urdi. 

Ikkinchi bo'limda yana o'sha Zaripov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuv o'rtalarida esa mezbonlar hatto hisobda ham oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Biroq Abdug'afforov penaltidan foydalana olmadi. 

Uchrashuv oxirlariga yaqin Suhrob Berdiev katta sahnaga chiqdi. U darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqdi va u ham chiroyli tarzda “Esxata” darvozasini ishg'ol qilgan holda o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi.

SHu tariqa, qiziqarli va murosasiz tarzda o'tgan uchrashuvda “Andijon” “Esxata”ni mag'lubiyatga uchratdi.   

“Esxata” – “Andijon” – 2:3 (1:2).

12 iyul. Xo'jand. “Spartak” stadioni. 1000 tomoshabin.

Hakamlar: Asliddin Tagoev, Faridun Mahmadiev, Yakubjon Parvizi.

“Esxata”: Mo'minjon Gadoyboev, Xuseyn Nurmatov, Muhammad Rustamov, Oybek Abdug'afforov, Olim Karimov, Abdurahmon Uzoqov, Ibrohim Eshonxonov, Mubinjon Mo'minov, Rustam Saburov, Dilshod Karimov, Baxtiyor Zaripov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Dadaboev, Bohir Sanginboev, Xoji Abdumannon, Abdurasul Achilov, Mexroj Abdulloev, Xaydarsho Xudoydodov.

“Andijon”: Mohir Komilov, Ildar Mamatkazin, Islom Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Abduvohid G'ulomov, Farhod Bekmurotov, Ilhom Abdug'aniev, Muhammadkarim Toirov, Sardor Abdunabiev, Saidumar Sodiqov, Bobur Farhodov.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Eldor Adhamov, Abdurahmon Komilov, Abdulatif Oybekov, Farhod Sohibjonov, Suhrob Berdiev, Sardor Karimov, Vladimir Bubanya, Abbos Ergashboev, Saidmurod Karimov, Oyatillo Obidjonov, Levan Arveladze.

Gollar: Farhod Bekmurotov, 17 – 0:1. Ilhom Abdug'aniev 30 – 0:2. Baxtiyor Zaripov, 40 – 1:2. Baxtiyor Zaripov, 55 – 2:2. Suhrob Berdiev, 85 – 2:3.

Amalga oshirilmagan penalti: Oybek Abdug'afforov, 66.

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Zaripov, 36. Abdurahmon Uzoqov, 42. Farhod Sohibjonov, 61.


“Andijon” matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика